"Andijon" dastlabki yig'inni yakunadi
30 dek 2013 10:14
Yangiliklar

"Andijon" dastlabki yig'inni yakunadi
"Andijon" ham dastlabki yig'inni tugatib, qisqa muddatli tatilga chiqdi.
Endi jamoa azolari 3 yanvar kuni yana klub qarorgohida yig'iladi. Bu erda mazkur yig'in 15 yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan. SHundan so'ng Toshkentga boriladi. Burgutlar fevral oyida tashkil etiladigan PFL Kubogi turnirida ham ishtirok etishni maqsad qilgan.
Jamoa safidagi o'zgarishlar ham aynan tayyorgarlikning ikkinchi qismidan boshlanadi. Bu yil jamoa safida harakat qilgan Yuriy Coy, Akmal Tursunboev, Afzal Azizov, Ikrom Ibragimov, Furqat Hasanboev, Akram Komilov, Andrey Sidorov kabi o'yinchilar jamoaning dekabr oyida tashkillashtirilgan yig'inida ishtirok etmadi. Aytishlaricha klub bu futbolchilar bilan hamkorlikni to'xtatgan.
"Andijon" uchun begona bo'lmagan SHuhrat Mirxoldirshaev kelasi yil burgutlar safida harakat qiladigan bo'ldi. Tajribali futbolchi 15 yanvardan jamoa ixtiyoriga etib kelishi aytilmoqda.
SHuningdek bu yil jamoada o'ynagan Sergey Smorodin, G'iyos Komilov va Sardor Soibovning yana klubda qolishi aniq bo'lgan.
Bundan tashqari jamoa rahbariyati yana bir qator futbolchilar bilan muzokara olib borayotgan bo'lsa ajab emas. Xorijdan kelishi tahmin qilinayotgan legionerlar katta extimol bilan litvalik futbolchilardir. Malumotlarga ko'ra ulardan biri markaziy himoyachi bo'lsa, ikkinchisi hujum chizig'ida to'p tepadi.

Fikrlar