So’nggi yangiliklar

00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  0 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  12 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  101 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  52 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3

"Andijon" - "Bunyodkor". O'yindan keyingi fikrlar Yangiliklar

"Andijon" - "Bunyodkor". O'yindan keyingi fikrlar

"Andijon" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi (0:2) uchrashuvdan keyin ikkala klub bosh murabbiylari o'yin to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
 Sergey LUSHAN (“Bunyodkor” bosh murabbiyi):
 -Mening nazarimda o'yin yaxshi o'tdi. SHogirdlarim ayniqsa ikkinchi bo'lim oxirlarida biroz asabiylashgandek bo'ldi. CHunki “Andijon” bor etiborni hujumga qaratgandi. Ammo so'nggi daqiqalarda qarshi hujumdan unumli foydalandik. SHu bois bugun g'alaba qozonganimizdan xursandman. Mezbonlarda ham hisobni tenglashtirish uchun juda yaxshi vaziyat bo'ldi. “Andijon” hujumchisi darvozabonimiz bilan birga-bir chiqib gol ura olmadi. Bu vaziyatda Zuhurov mahoratini namoyish etib jamoamizni goldan qutqardi. Natija o'yinga mos bo'ldi deb o'ylayman. Afsuski, juda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa, birinchi bo'limda yuz foizli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. O'sha bitta vaziyatda himoyachilarimiz raqib hujumchisini o'tkazib yuborishganini inobatga olmaganda, shogirdlarimga hech qanday etirozim yo'q. Bugun o'yindan va natija qoniqish hosil qildim.

 Bugungi bahsda tajriba hisobiga yutdik deya olmayman. Oldingi chizig'imizda asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi. Qolaversa, bugun Doston Hamdamov gol urdi. Vaziyatlardan unumli foydalanganimiz evaziga g'alaba qozondik. SHogirdlarim ko'rsatmalarimizni to'la bajarishdi. SHu ham g'alabamiz garovi bo'ldi. Raqibga gol urish imkonini bermadik, o'zimiz esa ikkita vaziyatdan foydalandik.

 - Yoshlar o'rtasida jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan ayrim futbolchilarga dam berdingiz, ayrimlarini esa bugun asosiy tarkibga kiritdingiz. Bu nima bilan bog'liq?

 - To'g'ri, mundialda qatnashgan futbolchilarimizdan Hamdamov, SHomurodov va O'rinboevni bugun maydonga tushirdim. Doston chorak finalda maydonga tushmagani uchun u yangi kuch bilan safimizga qo'shilgandi. SHu bois asosiy tarkibga kiritdim. Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov kabi jahon chempionatida barcha o'yinlarda ishtirok etgan futbolchilarni o'rinbosarlar safida bir taym o'ynatib dam berishga qaror qildik. CHunki uch kundan keyin kubok bahsida yana maydonga tushamiz. Sardor Rashidovni ham bugun ikkinchi bo'limda maydonga tushirdik. U ham o'tgan hafta milliy terma jamoa safida bo'lib, KXDRga qarshi bahsda maydonda to'liq harakat qildi. Uzoq parvozdan keyin unda ham charchoq alomatlari bor edi. Umuman olganda, bugun biz qarshi hujum taktikasiga tayanib tarkib tanlagandik. Bu taktika va tarkib o'zini oqladi.

 Edgar GESS (“Andijon” bosh murabbiyi):
 - Avvalo shuni aytish kerakki, “Bunyodkor” mamlakatimiz etakchi klubi va tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Qolaversa, jamoaning o'yini yaxshi shakllangan. Bir so'z bilan aytganda, bugun kuchli raqibga qarshi to'p surdik. O'ylaymanki, yomon o'yin namoyish etganimiz yo'q. Bizda ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Ammo imkoniyatlardan shogirdlarim negadir foydalana olishmadi. Balki raqibning nomdor ekanligi futbolchilarga bosim yuklagandir. Ayniqsa, Abdumalik Abdullaev ana shu vaziyatda gol urganda natija boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. To'g'ri, bugun yutqazdik, lekin shogirdlarimga katta etirozim bor deya olmayman. Ular qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Kuchli raqiblarga qarshi bahslarda gol urish uchun imkoniyat ko'p bo'lmaydi. Biroq ana shu bir-ikkita vaziyatdan unumli foydalanish kerak bo'ladi.

 - Abdullaev avvalgi uchrashuvlarda ham bir necha bor golli vaziyatlarni ko'kka sovirgandi. Bu hujumchiga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?

 -Birinchi navbatda, Abdullaevga tajriba etishmayapti. U “Andijon” safidagina asosiy tarkibda o'ynashni boshladi. “Navbahor”da yurganda zaxirada qolib ketardi. SHu sababli bu hujumchida malaka yuqori emas. Ayniqsa, mana shunday vaziyatlardan gol ura olmaganida bilinadi. Umid qilamiz, Abdullaev o'zi uchun kerakli bo'lgan tajribani to'play oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика