So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  5 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  2 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Andijon"ning toza goli bekor qilindi yoxud salom "o'zbek film"! Yangiliklar

"Andijon"ning toza goli bekor qilindi yoxud salom "o'zbek film"!

Yoshlarimizning kechagi g'alabasi o'z o'rniga, bundan hamma xursand. Lekin Superligadagi hakamlik bu yil yana katta sahnaga chiqadiganga o'xshamoqda.

Bunga yaqqol misol "Surxon" - "Andijon" uchrashuvidagi Rahimbek Karimovning chiqargan qarorlari, o'yin natijasiga tasir qiladigan holatlarning yuz bergani va hokazo. Quyida shu haqida to'xtalamiz. 

1. "Andijon" gol urgan vaziyat

65-daqiqada burchakdan Suxrob Berdiev uzatgan to'pini Ildar Mamatkazin boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bosh hakam esa bu vaziyatda VAR qarorini tinglashga qaror qildi. Quyidagi suratga etibor bering. Birinchidan "Surxon" himoyachisining oyog'i chiziqdan o'tib turibdi. Bu vaziyatda hech qanday o'yindan tashqari holat qayd etilmaydi. 


Demak, mazkur holatda "Andijon"ning toza goli hisobga olinmagan. 2ta rakursdan ham buni payqash qiyin emas. Ikkinchi etibor qilish kerak bo'lgan vaziyat, bu erda VAR chiziqni futbolchining tovoni orqasidan o'tkazgan. Fikrimcha, chiziq aynan futbolchining oyog'i turgan joydan chiziladi. Bu borada fikrim xato bo'lmasligi uchun, bir necha nafar hamkasblarimiz, tajribali mutaxassislar bilan ham muhokama qildim. Ular bilan ham deyarli fikrimiz bir joydan chiqdi. 



2. VAR`ga sarflangan daqiqa 

Hakam ikkinchi bo'limda Birgina shu vaziyatning o'ziga 7,5 daqiqa vaqt sarfladi. Rahimbek Karimov esa butun boshli ikkinchi taymga 9 daqiqa qo'shib berganiga guvoh bo'ldik. Ikki jamoa ham kamida 4 nafardan o'zgarishni amalga oshirdi. Endi hisoblab ko'ring, 7,5 daqiqani VAR`ning o'zi olib qo'ygan bo'lsa, futbolchilarni almashtirishga ham 4,5 daqiqa ketgan. Orada "jarohat"langan futbolchilarga yordam ko'rsatilgan. Xulosam, hakam qo'shib beriladigan daqiqalarni to'g'ri hisobga olmagan. Rostdan ham VAR`dagi vaziyatlarni tomosha qilish, o'tirib olib  xotirjam o'zbek filmni ko'rish bilan bir xil bo'lib qolmoqda. Futbolchi gol urgach nishonlashni ham, nishonlamaslikni ham bilmayapti. Tezkor qaror qabul qilish mumkinku. 


3. Rubin Xebayning chetlatilishi  

Uchrashuv yakunlangach shaxsan o'zim Rubin bilan gaplashdim. Uning aytishicha, u jahl ustida alban tilida gapirgan. Bu hakamga qaratilmagan. Rahimbek Karimov, buni haqorat sifatida qabul qilib ikkinchi sariq va qizil kartochkani ko'rsatgan. Balki o'zbekistonlik hakamlar qo'shimcha til sifatida Albaniya, Serbiya, CHernogoriya davlatlari tillarini o'rganishayotgandir. Buyog'i bizga qorong'u.  Uchrashuv yakunlangach ikki tomon o'rtasida aytishuv kechdi. Referi ingiliz tilini tushunishini, Rubin uni haqiqatdan ham haqoratlaganini aytdi. O'zbekiston futbol hakamlar markazidan o'sha vaziyatning audiosi va aslida nima bo'lgani haqidagi izohini kutib qolamiz.



Bu erda gap kimnidir oqlash, tarafkashlik emas. Yuqoridagi holat ertaga boshqa jamoa bilan takrorlanadi. Xatolar vaqtida taqdim etilmasa, qo'l qovushtirib o'tiraverilsa, yakunda kimningdir aybi bilan, kimdir chempion bo'lib ketishiga hech kim kafolat bermaydi. 

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика