So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Andijon"ning Superligadan tushib ketishi, 18-raqamni tanlashi va murabbiylar haqida" - Abdug'ani Kamolov bilan intervyu Yangiliklar

"Andijon"ning Superligadan tushib ketishi, 18-raqamni tanlashi va murabbiylar haqida" - Abdug'ani Kamolov bilan intervyu

2021 yil Superligadan to'g'ridan-to'g'ri tushib ketgan yana bir jamoa "Andijon" hisoblanadi.

"Burgutlar" mavsum davomida turli darajada o'yinlarni o'tkazishdi. Ayrim bahslarda o'yin bo'yicha ustunlik qila turib yakunda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, yana ayrim bahslarda faqat natija o'xshadi. Qisqa qilib aytganda jamoaga barqarorlik etishmadi. Bu borada jamoaning yosh futbolchisi Abdug'ani Kamolov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Abdug'ani dastlab mavsum yakunlari bo'yicha xulosalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. "Andijon"ning Superligadan tushib ketishi qanday omillarga bog'liq bo'ldi?

- Bilasiz 2020 yil jamoa Superligada qolgach yangitdan jamoa shakllantirildi. SHu bois bir-birimizni tushunib ketish qiyin kechdi. 70 foiz futbolchilar yangi hisoblanadi. Birinchi davra oxiriga kelibgina o'z o'yinimizni topdik, deb o'ylayman. So'nggi to'rtta turda muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi davrada jamoamizni Martin Boake, Doniyor Abdumannopov, Jasur Jaloliddinov, Doniyor Ismoilov singari etakchilar tark etishdi. Qaysidir manoda ularning o'rni sezildi. Menimcha yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. "Paxtakor", "Navbahor", "Mashal" bilan bahslarda tarixiy g'alabalar qo'lga kiritildi. Ayrim bellashuvlarda kuchimiz va omadimiz etishmadi. Deylik "Qo'qon-1912" bilan bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotganimizda, yakunda durang o'ynadik. "Nasaf", AGMK bilan kechgan bellashuvlarda ham shunday holat kuzatildi. 

- Birinchi davrada tartib-intizom bilan bog'liq muammolar bo'lgan ekan...

- Jamoada ahillik yaxshi darajada edi. Albatta Yorqin Nazarov kelgach o'yin sxemamiz o'zgardi. Hujumkor futbol ko'rsatishni boshladik. Bunda Yorqin va Donyor akani hisassi katta bo'ldi. 

- Ikkinchi davra startiga 3 kun qolganda Viktor Kumikov keldi. Nima, deb o'ylaysiz u o'zi istagan futbolchilarni taklif qila olmadimi yoki jamoadagi bor ijrochilar murabbiyning uslubiga mos tushmadi?

- Menimcha hammasi joyida bo'ldi. Ikkinchi davrada legionerlar hisobiga kuchaytirdik. Yana taktika ham o'zgardi. Lekin biz murabbiy aytgan ko'rsatmalarni yuz foiz bajara olmadik. Hammamiz birdek aybdormiz. Xorijlik futbolchilarning saviyasi yomon emasdi, lekin moslashib ketishga qiynalishdi. Ularning orasida Plamen Dimov yaqqol ajralib turdi. Haqiqiy etakchi. 

- Safar o'yinlariga ayrim jamoalar uchrashuv kuni borishadi va tiklanishga ulgurishmaydi. "Andijon"da bu boradagi vaziyat qanday edi?

- Moliyaviy tomondan hammasi yaxshi. Har bir o'yindan bir kun oldin borib dam olishga va tiklanishga vaqt ajratilardi. Hozir klubning oldimizda qarzdorligi yo'q. 

- "Navbahor", "Andijon", "Mashal" bilan o'yinlardagi tarixiy g'alabalardan qaysi birining ahamiyati katta?

- Har bir ochkoning qadri baland. Har biri yoqimli. 

- Jamoadagi quvnoq va jiddiy futbolchi kim?

- Kayfiyat ulashuvchi futbolchi Ibrohim Otaxonov, Mardon Abdullaev. Jiddiy futbolchi Abduvohid G'ulomov. 

- 18 raqamda to'p tepdingiz. Ushbu raqamda "Barselona"da Xordi Alba to'p tepadi...

- Evropadan Albaning o'yini yoqadi. SHu bois 18 raqamni tanladim. Hozirda "Andijon" bilan amaldagi shartnomam yakunlandi va klub bilan do'stona xayrlashdik. Muxlislarga katta rahmat aytaman. Jamoaning yaxshi va yomon kunlarida yolg'izlatib qo'yishmadi. Klub rahbariyatiga ham ham minnatdorchilik bildiraman. "Andijon"da o'ynab ketishimga yordam bergan Yorqin Nazarovga tashakkur. Keyingi qarorimni ota-onam, murabbiylarim bilan maslahatlashib hal qilaman.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика