"Andijon"ga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yildi
18 fev 2020 18:07
Yangiliklar
"Andijon"ga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yildi
Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita Andijon futbol klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish masalasida taqiq qo'ydi.
Klubga bir necha marta muddat berilganiga qaramay, qarzdorliklar masalasi hal etilmagan. Andijon futbol klubining nafaqat o'z futbolchilari, balki boshqa klublar va tashkilotlardan ham qarzlari to'planib qolgan.
Agar Andijon 7 mart sanasiga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etsa, shu sananing 23:59 vaqtiga qadar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Mazkur sanaga qadar ulgurilmasa, qo'mita klubga nisbatan keyingi choralarni qo'llaydi, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
23:30
Ildar Mamatkazin: "Navbahor" bilan zo'r final bo'ladi. Muxlislar? Yaxshisi "Bobur Arena"ga keling" 14
Fikrlar