So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  48 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

Andijonda “Mustaqillik Kubogi-2016” turniri boshlandi Yangiliklar

Andijonda “Mustaqillik Kubogi-2016” turniri boshlandi

Andijon shahrida O'zavtosanoat AK tizimidagi qo'shma korxonalar o'rtasida “Mustaqillik Kubogi-2016” turniri start oldi.

Zavod ishchi xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini takomillashtirish va qo'shma korxonalar o'rtasida do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlash hamda O'zbekiston respublikasining mustaqillik bayramini keng tarzda nishonlash maqsadida o'tkazilib kelinayotgan musobaqada jami sakkizta jamoa ishtirok etmoqda.  Xususan “GM-Uzbekistan”, “Uz Dong Ju”, “Uz Tong Xong ” “Uz Dong Yang”, “Uz Xang Vu”, “Uz Sem Yung”, “Uz Koram” hamda  “Uz Dong Vong” havaskor jamoalaridir.
O'z vaqtida oliy va birinchi liga klublarida o'ynab muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan bir qator futbolchilarni ushbu turnirda ishtirok etayotganini aytish lozim. “Andijon”, “Neftchi”, “Mashal”, “Qizilqum” singari elita jamoalarida o'ynagan tajribali hujumchi Anvar Abduqodirov, “Andijon” va “Buxoro”da to'p tepgan Elyor Rahmatullaev, “Andijon” va “UzDongJu” sharafini himoya qilgan Ahror Iminov ayni damda “UzTongXongKo” jamoasi sharafini himoya qilayotganini aytish lozim. Ushbu jamoaga taniqli sobiq futbolchi Otabek Qilichev ustozlik qilib kelmoqda.

Turnir tashkilotchilari. CHapdan o'ngga. Anvar Marajabov, SHuhrat G'aniev...


“UzDongJu” jamoasida esa o'z vaqtida oliy ligada “Andijon” va “Navbahor” uchun to'p tepgan himoyachi Azamat Isaevni ko'rish mumkin.

Aytish kerakki, o'z vaqtida oliy ligada o'ynagan professional futbolchilarning bugungi kunda havaskorlar jamoasida o'ynashi, qaysidir manoda turnirning jozibali  va shiddatga boy o'tishida xizmat qilmoqda.

"UzXangVo" jamoasi

Mazkur “Mustaqillik Kubogi-2016” turniri aslida 2011 yili viloyat futbol federaciyasi tomonidan tashkil topgan. Keyinchachalik 2012 yildan buyon Uzavtosanoat tomonidan o'tkazilib kelinmoqda.

Mazkur turnirga bo'lgan qiziqish yuqori deyish mumkin. “Andijon” FK rahbariyati ham musobaqaga befarq emas. Klub-vice prezidenti Abdisolomov Marufjon Jamoldinovichning shaxsan o'zi o'yinlarni bevosita stadiondan turib kuzatib borayotganini aytish lozim.

"Uz Dong Ju" jamoasi

Ushbu turnirning yuqori saviyada o'tishi uchun “GM-Uzbekistan” qo'shma korxonasi tomonidan masul sifatida biriktirilgan sobiq futbolchi SHuhrat G'aniev va taniqli hakam, bugungi kunda oliy liga laynsmeni, Andijon viloyati futbol federaciyasida bo'lim boshlig'i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Marajabov astoydil ishlamoqda.

Bugun tushlikka qadar ikkita o'yin bo'lib o'tdi. Har ikki bahsni ham oliy liga toifasidagi hakam Temur To'xtasinov boshqarib borgani etiborga molikdir.
Andijon shahridagi SHo'rbuloq  dahasida joylashgan “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”ning suniy qoplamali maydonida o'tgan bellashuvlar keskin va murosasiz ruh ostida o'tdi. Har bir jamoa g'alaba uchun bor kuch g'ayratini ishga solgani uchrashuv chog'ida bilinib turdi.

"Uz Tong Xong" jamoasi

"Uz Tong Xo" - "U Dong Yang" o'yini oldidan


1-turda quyidagi natijalar qayd etildi
“Uz Dong Ju” – “Uz Tong Xong” 0:3
“Uz Sem Yung” – “Uz Xang Vu” 0:1
“GM-Uzbekistan” – “Uz Dong Vong” 4:0
“Uz Dong Yang” – “Uz Koram” 5:2

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика