So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Andijonda 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida associaciya Kubogi yakuniga etdi Yangiliklar

Andijonda 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida associaciya Kubogi yakuniga etdi

Teglar :  Andijon
Andijon viloyatida 5 muhim tashabbus ijrosini taminlash, xususan, 2-yo'nalish doirasida yoshlarni sportga jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga alohida etibor qaratilmoqda.

Viloyat futbol associaciyasi Kubogi uchun o'tkazilgan musobaqa ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero, bu turnirda viloyatdagi deyarli barcha shahar va tumanlarning futbol jamoalari ishtirok etdilar. 2008 yilda tug'ilgan bolalardan iborat bo'lgan jamoalar avvaliga guruh bosqichi bahslarida o'zaro kuch sinashdi. Guruh uchrashuvlari 4 hududda – Marhamat, Baliqchi, Qo'rg'ontepa tumanlari va Andijon shahrida tashkil etildi. Mazkur guruhlarda 1 va 2-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar hal qiluvchi bosqichga yo'llanma oldilar.

Hal qiluvchi o'yinlar Andijon shahridagi SHo'rbuloq daxasida joylashgan futbol akaademiyasi stadionida bo'lib o'tdi. Finalda Xo'jaobod tumani jamoasi va Andijon shahri vakillari to'qnash kelishdi. Qiziqarli kechgan bahsda Andijon jamoasi 4:2 xisobida g'olib chiqdi va viloyat futbol associaciyasi Kubogini qo'lga kiritdi. 3-o'rin esa Marhamat hamda Baliqchi futbolchilariga nasib etdi. SHuni qo'shimcha qilish kerakki, ushbu musobaqa davomida futbol akademiyasi murabbiylari bu yil mazkur bilim dargohiga 2008 yilda tug'ilgan bolalar qabul qilinishidan kelib chiqqan holda samarali selekciya ishlarini olib bordilar.

  Firdavs Ermatov, Andijon



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика