So’nggi yangiliklar

11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  0 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  8 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 09:36"Рома" ёзда етти нафар футболчини сотиб юбормоқчи. Номлар маълум…  6 09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  6 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  1 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  1 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  3 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  30 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  17 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  1 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  6

"Andijon": Yoshlarga etibor Yangiliklar

"Andijon": Yoshlarga etibor

Teglar :  Andijon
Oliy liganing birinchi davrasi ham ortda qoldi.

Ochig'ini aytganda, mavsumning birinchi qismida “Andijon” muxlislarini quvontira olmadi. Aniqrog'i ishqibozlar kutganidek yuqori o'rinlarni egallay olmadi. Lekin oldinda ikkinchi davra uchrashuvlari borligini inobatga oladigan bo'lsak, hali hammasi ko'ngildagidek kechishi uchun umid qilsa bo'ladi. SHunday emasmi?!

Garchi bu yil “Andijon” ijobiy natijalarni qayd eta olmayotgan bo'lsada, klub o'z infratuzilmasini mukammallashtirib, yangicha ish tizimini joriy etmoqda. Klub rahbariyati bu yil, mahalliy yoshlarga jiddiy etibor bera boshladi. Boisi so'nggi yillarda “Andijon” safida o'ynab ketgan futbolchilarning ko'pchiligini boshqa joylardan tashrif buyurganlar tashkil etardi va bu tabiiyki andijonlik iqtidorlilarni yuzaga chiqishiga qaysidir manoda to'sqinlik qilardi.



Solohiddin Solohiddinov (#70) va Baxtiyor Qosimov (#26) tajribali jamoadoshi Ibrohim Otaxonov (#6) bilan yonma-yon o'ynab, asta-sekin o'sishga erishmoqda.

Etibor bergan bo'lsangiz, “Andijon” yoshlari tanaffusga 3-o'rinda chiqib ketdi. Albatta, bunda murabbiy Vitaliy Legayning samarali faoliyatini alohida takidlab o'tish lozim. CHunki jamoani deyarli mavsum starti arafasida qabul qilib olgan Vitaliy Aleksandrovich vaqt o'tgani sayin o'zi uchun to'g'ri yo'nalishni top oldi va jamoa o'yinini shakllantirdi. Ijobiy natija bilan parallel ravishda yoshlarni asosiy jamoaga etishtirib berishni ham yaxshi uddaladi deyish mumkin. Fikrimizga isbot tariqasida Baxtiyor Qosimov, Alisher Abduvohidov, Jahongir Maqsudov, Solohiddin Solohiddinov singari futbolchilarning  bu yil oliy ligada debyut uchrashuvini o'tkazganini aytish mumkin. Endigina 20 yoshni qarshi olgan  ushbu futbolchilarning “Andijon” uchun hozirgi kunda ijobiy natija deyish mumkin. To'g'ri, oliy liganing boshqa klublarida 18-20 yoshli futbolchilar allaqachon asosiy tarkib azosiga aylanib ulgurgan va bundan fojea yasash noto'g'ri bo'ladi deyishingiz ham mumkin. Lekin “Andijon”da so'nggi yillarda yoshlarga bu darajada katta etibor qaratilmay kelayotganini ham beetibor qoldirmaslik lozim. Har yili 1ta o'yinchi etishib chiqardi. Joriy mavsum esa ularning soni bir necha barobarga oshgani kishini quvontirmasdan qolmaydi.

Davralar oralig'ida yoshlar jamoamiz tarkibi mahalliy yoshlar hisobiga yanada kuchaytiriladi.

Birinchi davrada yoshlar jamoamiz tarkibida o'zini ko'rsatishga erishgan SHoyad Mullajonov, SHoxruh Ergashev, Dilmurod Mahmudov, Abror Komilov singari iqtidorli o'yinchilarimiz ham hademay oliy ligada o'ynay boshlashiga shubha yo'q. Agarda ular o'z ustida kelgusida ham tinimsiz ishlab borishni kanda qilmasa.

Davralar oralig'ida yoshlar jamoamiz tarkibiga andijonlik yana bir nechta istedodli futbolchilarni jalb etib, kuchaytirish rejalashtirilgan. “UzDongJu”dagi o'yinlari orqali andijonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan iqtidorli hujumchi Ozodbek Komilovning “Andijon”ga olib kelinganini aytib o'tish kerak. 19 yoshli hujumchi so'nggi yillarda faoliyatini “Metallurg”da o'tkkazib kelayotgandi. Jamoamiz murabbiylarining Komilovdan ikkinchi davrada umidi katta. O'ylaymizki, Ozodbek oliy ligada ham yo'qolib qolmaydi va sermahsullik ko'rsatib, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.



Ayni damda yoshlar jamoamizni Yodgor Xurxonov va Rasul Rahmonov shug'ullantirmoqda. Vitaliy Legay asosiy jamoaga o'tgach, yoshlar jamoamiz bilan asosan o'yin kunlari birga bo'lmoqda. CHetda qaraganda, murabbiy yoshlar jamoamizga befarq bo'la olmayapti va imkon qadar shogirdlari ko'proq bo'lishga xarakat qilmoqda.

Yaqin yillar davomida “Andijon”ning sardori sifatida maydonda javlon urgan Rasul Rahmonov boshidan bir necha bor og'ir jaroxatlarni o'tkazdi va bu yildan butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Klub rahbariyati Rahmonovning jamoaga qiyin vaziyatlarda ham sodiq qolganini beetibor qoldirmasdan, yoshlar jamoamizda murabbiylik qilishni taklif qildi va uning yangi bosqichda qadam tashlashiga zamin yaratib berdi. Asta-sekin murabbiylik kurslarida tahsil olib, bosqichma-bosqich murabbiy sifatida yuqoriga ko'tarilishni o'ylayotgan Rasul Rahimovich  shu kungacha futbolchi sifatida ko'plab taniqli murabbiylar bilan ishladi. Islom Ahmedov, Amet Memet, Aleksandr Averyanov hamda Edgar Gess kabi mutaxassislar bilan hamkorlik qilib, ularning har biridan nimadir olganini takidlashdan charchamaydigan Rahmonovning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика