So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  6 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

"Andijon" yarim himoyachisi: “Tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik” Yangiliklar

"Andijon" yarim himoyachisi: “Tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik”

“Andijon” O'zbekiston Kubogi yarim finalida “Surxon”ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etib, tarixda birinchi marta finalga yo'l oldi.

Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirgan futbolchilardan biri yarim himoyachi Farhod Bekmuratov esa “Andijon” matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor, tarixiy g'alaba bilan butun Andijon ahlini tabriklayman. Tarix yaratganimizdan xursandman. Bizga ishonganlar uchun rahmat. Klubimiz homiyidan viloyatimiz hokimigacha katta minnatdorchilik bildiramiz. CHempionatda 4 ta o'yinda yutqazganimiz biroz qiyinchilik tug'dirdi. Lekin yarim finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki o'zimiz ham tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik. Xudoga shukr, yuzimiz yorug' bo'ldi. Endi nasib qilsa finalda ham o'zimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Ungacha chempionatda yana 3 ta tur bor. O'sha uchrashuvlarda ham munosib o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman.

- Asosiy va qo'shimcha vaqtlarda hisob ochilmagach, barchasi penaltilar seriyasida aniqlandi. O'sha lahzalarda nimalar xayolingizdan o'tdi?

- To'g'risi, ichichimdan yutishimizni bilib turgandim. Aslida birinchi taymni o'zida 3 ta gol ursak bo'lardi. Mayli, nasib. Hammasi penaltilar seriyasiga yozilgan ekan. SHaxrom Samiev gol urolmagan paytda ham ko'nglim yutishimizni sezib turgandi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug' bo'ldi va g'alaba qozondi.

- Finalda “Navbahor” bilan o'yin. Qaysi raqibni kutgandingiz?

- Rosti, qizig'i yo'q edi. Negaki, faqat o'z o'yinimiz haqida o'ylayotgandim. Ularga etibor bermadim. Muxlislarimizni xursand qilish biz uchun eng asosiysi edi.

- Nasib qilsa, bu birinchi finalingiz...

- Ha, birinchi finalim. Bungacha 2018-yili “Lokomotiv” safida O'zbekiston chempioni bo'lganman. SHuningdek, pro liga g'olibiga ham aylanganman. Xudo xohlasa, Kubok finalida yutib, uni sovrinlarim qatoriga qo'shib qo'yishga harakat qilaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика