So’nggi yangiliklar

00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

“Andijon” yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Andijon” yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Teglar :  Andijon
Bugun Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Andijon futbol jamoasining barcha murabbiylari va futbolchilari bilan muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvga Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov ham tashrif buyurdi.

Muxlislar bilan uchrashuvda taqdimot marosimini ochib berish viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovga berildi.

“So'zimni boshida barchangizni kirib kelayotgan Navro'z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Hammangizni va sizlar orqali butun Andijonimizni va futbol ishqibozlarini yangi mavsum bilan muborakbod etaman. Bugun sizlar bilan ochiq oydin gaplashish uchun keldim. Suvchiga mashina berdim, yuz ellik kilogramm paxta tergan oddiy terimchiga mashina berdim, nima o'ylaysizlar futbolga pul topa olmaymanmi, topaman lekin natija yo'q. Qachon men ham “Andijon” jamoam yutib keldi deb do'ppimni otib o'ynayman. Sizlar ham tushunishilar kerakda, yana bir marta aytyapman hozir ham yana pul bilan kelyapman. Mana bu erda 450.000.000 so'm ertaga kechga qadar yana 500.000.000 so'm olib keladi bulardan mart oyining bugungi sanasigacha qarzim qolmaydi. Siz aziz futbol muxlislarini kayfiyatingiz yaxshi bo'lsa, mening kayfiyatim ham yaxshi bo'ladi. Yangi o'yinchilarni tanlashda men birortasiga aralashganim yo'q.

Keyingi turda jamoamiz “Navbahor” bilan o'ynaydi ushbu o'yinda yutmaslikning iloji yo'q, men “Andijon” jamoasini yutishini xohlayman. O'sha uchrashuvda durang o'ynashsa ham, men qopda pul olib boraman. Barcha futbolchilarimizga quch quvvat bersin, jamoamiz yaxshi natijalar ko'rsatishsa men moddiy tarafdan qo'llab quvvatlayman. “Navbahor” jamoasi ustidan g'alaba qozonishsa ular zo'r sovg'a bor",- dedi viloyat hokimi SHuxratbek Abdurahmonov.

“Assalomu alaykum, nasib bo'lsa “Navbaxor” jamoasni yutishga vada beramiz. Yangi o'yinchilar yaxshi, bosh murabbiyning aytganini qilib g'alaba qozonamiz”, - dedi “Andijon” jamoasi sardori Farhod Bekmuratov.

“Xudo xohlasa “Navbahor” bilan o'yinda jamoamiz birgalikda g'alaba ulashamiz va xursand qilib kayfiyatlaringizni ko'taramiz”, - deydi Abdulloh Olimov.


Nodirbek Abdullaev tayyorladi

Foto: "Andijon" matbuot xizmati





Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика