So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

“Andijon” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi Yangiliklar

“Andijon” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi

Teglar :  AndijonTanishtiruv
Avval xabar berganimizdek, 7 avgust, dushanba kuni “Andijon” jamoasi davralar oralig'ida o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi.

Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” davralar oralig'ida 10 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Bu yil o'z oldiga elitaga qaytishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo'ygan andijonliklar shunga monand oliy liga havosidan bahramand bo'lgan tajribali o'yinchilarni jamoaga taklif etdi. Bugun ular keng ommaga rasman “Andijon” azosi deya tanishtirib o'tildi.
Andijon shahridagi “Viloyat kasaba uyushmasi”ning majlislar zalida o'tgan tadbirga ommaviy axborot vositalaridan tashqari jamoaning bir qator ashaddiy ishqibozlari ham tashrif buyurdi. Dastlab taqdimot marosimida so'z, “Viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi” raisi Ozodbek Saidovga berildi. – Xabaringiz bor, davralar oralig'ida “Andijon” jamoamizni o'yinini yanada kuchaytirish va natijalarini yaxshilab, oliy ligaga chiqishi maqsadida tarkibda etiborga molik o'zgarishlarga qo'l urildi. Bosh murabbiy Usmon Toshev va rahbariyat birgalikda jamoa safiga malakali va shu bilan birga kelajagi porloq deya etirof etilayotgan futbolchilarni taklif etdi. Ikkinchi davrada endi hamma o'yinda ijobiy natija kutib qolamiz. Maqsad bitta – oliy ligaga qaytish. Umid qilamizki, bu yo'lda bosh murabbiy bor mahoratini ishga soladi va futbolchilar ham ko'ngildagidek o'yin namoyish etib, o'zlariga bildrilgan ishonchni oqlaydi – deydi Ozodbek Mahamadjonovich.
SHuningdek tadbir davomida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ham fikrlarini bildirib o'tib, asosiy etiborni oliy ligaga chiqishga qaratilishini bildirdi. Bu yo'lda barcha bir bo'lib, jisplashishi muhimligini ham alohida takidladi.
Muxlislar ham so'z olib ikkinchi davra oldidan jamoaga omad va zafarlar yor bo'lishini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan ayrim savollar bilan murojaat qildi.
Tadbir so'nggida odatga ko'ra, yangi futbolchilarning qaysi raqamli libosda xarakat qilishi elon qilinib, estalik uchun suratga tushildi.

# Ismi familiyasi Raqami
1.  Eldor Isaboev – 1
2. Akmal Ortiqov – 87
3. Akmal Xolmatov - 8
4. Sobir Hamidov – 11
5. Hamza Karimov – 14
6. Ravshan Aslanov – 15
7. Furqat Hasanboev - 23
8. Rafik Karimov - 24
9. Siroj Hamroev - 27
10. Firdavs Asadov – 77.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика