So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

"Andijon" va "Navbahor" muxlislari do'st bo'lishga kelishib olishdi Yangiliklar

"Andijon" va "Navbahor" muxlislari do'st bo'lishga kelishib olishdi

Bugun Coca Cola Superligasining 17-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bugun "Andijon" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. Vodiy derbisi bo'lgani uchun ham bu o'yin ancha qiziq kechishi kutilyapti. Bilasiz, vodiyda jamoalar qaysi o'rinni egallab turganidan qatiy nazar o'zaro bahs olib borganda maydonda qattiq kurash kechadi. SHuningdek, muxlislar ham bor kuch-g'ayrat bilan o'z sevimli jamoalarini qo'llashga harakat qilishadi. 

Bugun bo'lib o'tadigan "Andijon" - "Navbahor" bahsi oldidan har ikki jamoaning ashaddiy ishqibozlari bir joyga to'planib o'zaro do'stlik rishtalarini bog'lash to'g'risida kelishib olishdi. Bu taklif kimdan chiqqan bo'lsa ham juda yaxshi o'ylabdi deymiz. CHunki futbol  paytida maydonda ikki jamoa kurashadi. Muxlislardan so'raladigani esa o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash. 

Raqib jamoani yoki muxlislarini haqorat qilish, mensimaslik yoki boshqa xunuk ishlar bizga yarashamaydi. Evropa tomonlarda ko'p ko'rganmiz, muxlislarning bir-biri bilan janjallashganini. U - Evropa, nima qilsa qilaversin. Bizning yo'rig'imiz boshqa. Bizda osiyoliklarga xos madaniyat va xotirjamlik bor. 

Bugungi tadbirning asosiy tashabbuschilaridan biri "Andijon" fan klub etakchisi Nodirbek To'ychiev bo'ldi. Ikki jamoaning ashaddiy muxlislari bir erga to'planib o'yindan oldin o'zbekona choyxona tashkil qilindi. Ishqibozlar yaxshi kayfiyatda o'zaro suhbatlashib o'tirishdi. Birozdan so'ng, aniqrog'i 18:00da "Andijon" va "Navbahor" o'rtasida futbol uchrashuvi boshlanadi. O'ylaymizki, o'yin paytida ham muxlislar o'z xulqlari bilan bir-birlariga namuna bo'lishga harakat qilishadi.


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика