So’nggi yangiliklar

21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

“Andijon”: Tarkibga Ibrohim Rahimov qo'shildi. Ertaga o'yin bor Yangiliklar

“Andijon”: Tarkibga Ibrohim Rahimov qo'shildi. Ertaga o'yin bor

Teglar :  Andijon
Avval xabar berganimizdek, andijonliklar bugun 24 fevrla kuni o'z qarorgohida yig'ildi.

Tushlikdan so'ng jamoa azolari qarorgohga etib keldi va 16:30da kechki mashg'ulot boshlandi. So'nggi uch hafta davomida Toshkentda yig'in o'tkazgan “burgutlar”ning bugungi kundagi xolati mahalliy muxlislarning diqqat markazida turgani bois ularning Oltinko'l stadioniga tashrifi oz bo'lmadi. 

Ashaddiy ishqibozlar karnay surnay sadolari bilan futbolchilarni stadionda kutib olib, butun mashg'ulot davomida turli krichalkalar bilan qo'llab-quvvatlagan xolda, bo'lajak mavsum oldidan ruhan dalda bo'ldi. 

Tabiiyki bundan davralar oralig'ida “Andijon” tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar ijobiy manoda ajablandi va andijonlik muxlislarga yana bir bor qoil qoldi deyish mumkin.


Darvoqe, Baxtiyor Ashurmatov shu kuni murabbiy sifatida Andijondagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Unga mashg'ulotlarda yordamchilari Zohid Nurmatov, SHuhrat Maqsudov va Kamol Jo'nashev yaqindan yordam bermoqda. 


Bungacha jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan Doston Abdurahmonov bilan Islom Karimov bu safar yig'inga taklif etilmadi. 

Tarkibga esa taniqli futbolchi Ibrohim Rahimov kelib qo'shilganini aytish joiz. 32 yoshli futbolchi ilgari “Andijon”da o'ynab ketganini muxlislar yaxshi bilish kerak. So'nggi yillarda Rahimov Toshkentning “Lokomotiv” klubida faoliyat yuritib kelayotgandi. Joriy mavsum “Kafu” “Andijon” sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Darvoqe, jamoamizning yangi azosi bo'lmish Ibrohim Rahimovning xonadonida kecha quvonchli kun bo'ldi. Boisi Rahimovlar oilasida o'g'il farzand dunyoga keldi. SHu munosabat bilan klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar nomidan Ibrohim Rahimovni tabriklaymiz. 


“Burgutlar”ning mashg'uloti Oltinko'l stadionidagi tabiiy maydonda o'tkazilmoqda. Ertaga rejaga ko'ra navbatdagi nazorat uchrashuvi tashkil etiladi. Sparring raqibimiz birinchi liga ishtirokchisi “Cementchi” bo'ladi. Uchrashuv Quvasoyda soat 14:00da boshlanishi ko'zda tutilgan. 


"Andijon" FK matbuot xizmati.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика