Andijon-SGS - Qo'qon-1912 uchrashuvi Qo'qonda bo'lib o'tadi
11 apr 2023 12:02
Yangiliklar


Andijon-SGS - Qo'qon-1912 uchrashuvi Qo'qonda bo'lib o'tadi
Pro liga 5-turidan o'rin olgan Andijon-SGS - Qo'qon-1912 uchrashuvi andijonliklardan kelib tushgan so'rovga asosan Qo'qonda o'tkaziladigan bo'ldi.
Andijondagi “Bobur arena” rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor emasligi bois «Andijon-SGS» o'z uy o'yinlarini Yaypanda o'tkazib kelayotgan edi. 14 aprel kungi bellashuv esa istisno sifatida Qo'qonda o'tkaziladi. Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yiniga ham mazkur shahar mezbonlik qiladi.
«Andijon-SGS» — «Qo'qon-1912» uchrashuvi 14 aprel kuni soat 15:55 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar