So’nggi yangiliklar

22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  37 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  76 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  0 20:58Суперлига. "Динамо" - "Қизилқум" 1:2 (матнли трансляция)  4 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12

“Andijon” o'z futbolchilarini Superliga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin Yangiliklar

“Andijon” o'z futbolchilarini Superliga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin

Teglar :  PFL Andijon
"Andijon" klubi PFL qo'ygan talablarni deyarli barchasin bajarib bo'ldi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 2018 yil yakunlariga ko'ra, sport sohasidagi eng yaxshilarni taqdirlash maqsadida o'tkazgan “Milliy sport mukofoti-2018” taqdirlash marosimida "Hududlarda sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov taqdirlanganidan xabaringiz bor.

Qayd etish joizki, aynan Andijon viloyati hokimi tashabbusi va nazorati ostida “Andijon” klubi yangi mavsumga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Jumladan, Superligaga qaytgan klub o'z uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi “Sog'lom avlod” stadionida keng ko'lamli rekonstrukciya ishlari amalga oshirilmoqda. O'yingoh rekonstrukciyasi uchun 11 milliard so'm sarflanishi ko'zda tutilgan. Hozirgi kunga kelib allaqachon ancha salmoqli ish ko'lami bajarib bo'lindi.



O'yingoh chimini yangilash maqsadida avvalgi maysalar olib tashlandi. Endilikda stadion maydonini zamonaviy drenaj tizimi orqali sug'orish imkoniyati paydo bo'ldi. Yaqin kunlar ichida Gollandiyadan 120 000 dollar evaziga mutaxassislar 5 yilgacha yaxshi holatini saqlab qolishiga kafolat bergan yangi chim olib kelib o'rnatiladi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, “Sog'lom avlod” stadioniga yangi chim joylashtirilganidan 6 kun o'tib maydonda bemalol futbol uchrashuvini o'tkazish mumkin ekani golland mutaxassislari tomonidan takidlandi. CHimni joylashtirish va uning yaxshi holatda bo'lishini taminlash maqsadida golland mutaxassislari 1 oy davomida Andijonda bo'lishadi va jarayonni nazorat etib turishadi.

Tribuna va futbol maydonini ajratib turuvchi 2.20 m balandlikdagi setkalar endilikda 1 metr balandlikdagi to'siqlar bilan almashtirildi.

SHuningdek, tez kunlarda Xitoydan maydon chetida joylashadigan elektron reklama shitlari va 11.30 x 7.20 m kattalikdagi zamonaviy tablo olib kelinadi.



Yana bir etiborga molik jihat shundan iboratki, stadion tribunalaridagi barcha o'rindiqlar yangilanib, ular klubning asosiy ranglari – oq va ko'k ko'rinishga keltirilmoqda. SHu maqsadda 20 000 dona yangi o'rindiq buyurtma qilingan bo'lib, ularni o'rnatish jarayoni boshlab yuborildi.

Stadion yoritish tizimi ham yangilanmoqda. Hozirga qadar 650 million so'm evaziga yangi chiroqlar o'rnatib ulgurildi. Jarayon yakunlangach, yoritish tizimi talablarga to'la javob beradigan va kechki payt ham futbol uchrashuvlarini bemalol o'rnatish mumkin bo'ladi.

SHuningdek, klub marketing sohasini rivojlantirish borasida ham ish olib bormoqda. Rejaga ko'ra, “Andijon” klubi marketing orqali yangi yil davomida 5 millard so'm atrofida daromad olish niyatida. SHu boisdan stadion hududida klub atributikalari sotiladigan do'kon faoliyatini yo'lga qo'yish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Qolaversa, o'yin kunlari stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar uchun eguliklar sotiladigan do'kon ham faoliyat ko'rsatishi taminlanadi.



Diqqatga sazovor jihati shundaki, “Andijon” klubi Andijon shahri va viloyati bo'ylab 50 dona klub atributikalari va o'yinlar uchun chiptalar sotiladigan shaxobchalar o'rnatib chiqadi. Bu orqali o'yinga kelish niyatidagi muxlislarga o'z yashash joylari atrofida ham uchrashuv chiptalarini harid qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” O'FA huzuridagi viloyat bolalar-o'smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan ham shartnoma imzoladi va bu orqali akademiyalar bo'yicha qo'yilgan talabni ham bajardi.

SHu sababdan “Andijon” klubi ham o'z futbolchilari, murabbiylari va jamoa rasmiylarini PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin. Yodingizda bo'lsa, ilgariroq “Qizilqum”ga ham o'z futbolchilarini Superliga ro'yxatidan o'tkazishiga ruxsat berilgan edi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика