So’nggi yangiliklar

13:41Суперлига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 13:20"Шўртан" жамоаси янги автобус билан таъминланди  0 13:03"Пахтакор" "Жар"да жарга қулаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 12:52"Милан" собиқ устози Шомуродов жамоасини бошқариши мумкин  5 12:37Расман: "Рома" Де Россини истеъфога чиқарди  0 12:15Жан Салас: "Ўзбекистоннинг гол уришига йўл қўймасдан, уларни мағлуб этишга ҳаракат қиламиз"  1 11:58Ўзбекистон U-15 терма жамоаси туркийзабон давлатлар мусобақасида қатнашади  0 11:40Ҳусниддин Нишонов: "Коста-Рикани нима қилиб бўлса ҳам ютишимиз лозим"  4 11:11Диего Чаварриа: "Тошкент менга Кариньо шаҳрини эслатиб юборди"  0 11:04Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Осиё кубоги саралаш ўйинларида иштирок этувчи таркиби маълум  2 10:32"Барселона" аъзоси дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланди  2 09:55Меҳрож Худойбердиев: "Мағлубиятга сабаб ҳимоядаги хатолар бўлди"  4 09:17"Ал Насср"ни италиялик мутахасссис бошқаришга яқин  0 09:10Чемпионлар Лигаси. "Милан" - "Ливерпуль" 1:3, Пулишичнинг тезкор голи "Милан"га ёрдам бермади  1 09:00Чемпионлар Лигаси. "Реал Мадрид" - "Штутгарт" 3:1, Куёв бола Чемпионлар лигасидаги дебют голини урди  1

“Andijon” muxlislari klub rahbariyati bilan uchrashdi Yangiliklar

“Andijon” muxlislari klub rahbariyati bilan uchrashdi

Teglar :  Andijon
15 may yakshanba kuni, “Andijon” ishqibozlari tashabbusi bilan klub rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Unda muxlislar o'zlarini qiziqtirib kelayotgan savollarga atroflicha javob oldi. Yig'ilishda “Andijon” futbol klubining vice-prezidenti, bosh direktori Abdisolomov Marufjon Jamoliddinovich va uning yordamchilari Sanjarbek Yakubbekov, Sardorbek Akbarov, Elshodbek Isamutdinov, Marufjon To'raqulov ham ishtirok etdi.

Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad so'nggi paytlarda “Andijon” klubiga oid turli xil mish-mishlarni ko'payib ketgani va ular haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini bilish edi.



Ishqibozlarning savollariga M.J.Abdisolomov javob berar ekan jumladan shunday deydi: – So'nggi paytlarda bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan munosabatlarimiz yaxshi emasligi xususida gap so'zlar tarqay boshladi. Meni sizlarni ishontirib ayta olamanki, Baxtiyor Azamovich bilan huddi aka-ukadekmiz. O'rtamizda do'stona munosabat hukm surmoqda. Bosh murabbiy mamlakatimizdagi taniqli mutaxassislardan biridir. Bejizga u kishining nomzodida to'xtalmaganmiz. Bunday asossiz gaplar qaerdan va kim tomonidan chiqayotgan ekan, hayronman. Lekin bu bilan Ashurmatovni o'z vazifasidan ozod eta olmayman deb ham bo'lmaydi. Ishda ishchi bo'ladi. Xayotda aka-ukamiz. Emishki, Ashurmatov klub vice-prezidentini “yo'qotib” boshqaruvni to'laligicha o'z qo'liga olishni o'ylab yurgan ekan. Yo'q, bu asossiz gap. Meni klubga viloyat rahbari vice-prezident etib tayinlagan. Baxtiyor Azamovich bilan bu borada gaplashganimizda, uning o'zi ham buni eshitib hayron qoldi va bunga javoban shunday dediki, agarda Marufjon Abdisolomov klubdan ketsa, Ashurmatov “Andijon”da  5 daqiqa ham ishlamaydi. Endi o'zingiz xulosa chiqarib olavering.

-O'zinglarga yaxshi malum klub rahbariyatida ishlash oson emas. Atrofdan turlicha bosim bo'ladi. Avvaldan shunday. Kimgadir joy kerak bo'lmasa, shunaqa mish-mishlarni chiqaradi. Yana qaytaraman Ashurmatov bilan hech qanday tushunmovchilik bo'lmagan. Agarda kimgadir o'rnim kerak bo'lib qolgan bo'lsa, kelsin bo'shatib beraman. Yoki siz muxlislar aytinglar, birorta nomzodni o'z joyimni bo'shatib berishga tayyorman!

– Men bu erga pul qilish maqsadida kelmaganman. Buni oldingi uchrashuvlarimizda ham takidlab o'tganman. “Andijon”da ishlash nihoyatda og'ir. Buni ishga kelishimdan oldin juda yaxshi tushunib, bilib kelganman. Maqsadim Andijonda ham kurashcha va barqaror jamoa tuzish. Viloyat futboliga mustahkam poydevor qurishdir. Birgina klubni o'zi bilan ishlamayapmiz. Balki bolalar futboliga ham jiddiy etibor qaratilmoqda. Futbol maktabi, licey-internat va akademiyadagilar bilan doimiy aloqadamiz va ular bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.



– Bosh murabbiyga imkon qadar o'zi istagan sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Natijaga eng avvalo bosh murabbiy javob beradi. Bizning vazifamiz moliyaviy masalalarni hal etish va mustahkam poydevor qurishda amaliy yordam ko'rsatishdir. Bunga bosqichma-bosqich erishamiz.

–  To'g'ri, jamoamiz hozircha barqarorlikka erisha olmayapti. Lekin bir narsani to'g'ri tushunishingizni istardimki, bu yil yana jamoamiz yangitdan tashkil topdi. SHaxsan men ishga rasman 5 fevraldan kirishdim. Haminqadar mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qildik. Jamoani qabul qilib olayotganimda hech kimga mana bu o'rinni olaman deb vada bermaganman. Klubdagi eng birinchi qiladigan ishimiz avvalgi qarzdorliklarni bartaraf etish ekanligini aytgandim. Bilasizmi hozirgacha keng ko'lamdagi ishni bajardik. Buni uyalmasdan ayta olaman. Avvalgi mavsumlardan klubning futbolchi va murabbiylardan qarzi bo'lgan. Ular bilan turlicha uchrashuvlar bo'ldi. Xudoga shukur, hech kimdar qarzdorlik qolmadi.

– Ishchi guruhimiz azolari bir qator biznes rejalar asosida klubga moddiy tomondan foyda keltirish yuzasidan marketing ishlarini olib borilmoqda. Faqatgina homiylarimiz tomonidan kelib tushadigan pullarga qarab o'tirganimiz yo'q. Qanday qilib moddiy inqirozdan chiqib ketayotganimizni faqat o'zimiz bilamiz. Kerak bo'lsa, ertalabgacha turli ishlar yuzasidan bosh qotiramiz.

– Jamoa ichida bo'layotgan kichik muammolar ham tashqariga chiqib ketmoqda. Bu borada jiddiy ishlar olib borilmoqda. Yaqinda jamoa azolari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Ayrim futbolchilarga jiddiy chora ko'riladi. Lekin bu muammolar u darajada katta-katta muammo emas. Afsuski ignadek gap shardek katta bo'lib ketyapti.

– Keyin ayrimlar “Andijon”ning uy uchrashuvlariga chiqarilayotgan chipta narxi qimmat ekanligini aytishmoqda ekan. Buni klub belgilaydi. Rejaga ko'ra joriy mavsumda chiptalardan 1,5 milliard so'm pul topishimiz kerak. Bundan viloyatimiz rahbarining ham xabari bor – deydi Marufjon Jamoliddinovich.

Ishqibozlar shuningdek “Qizilqum” bilan o'yin haqida klub vice-prezidentiga savol berdi. – “Qizilqum” bilan o'yinda mag'lub bo'ldik. SHunday ekan qanday qilib yutqazgan o'yinimizdan keyin qoniqdim deyish mumkin. Lekin yigitlar ochko olish maqsadida astoydil ter to'kdi. Hisobni birinchi bo'lib ochgandik. Ammo keyin hammasi o'zgarib ketdi. Ushbu o'yinda Baxtiyor Ashurmatov bilan Otabek Valijonov chetlatildi. Albatta bu xolatni o'rganib chiqamiz va ularga nisbatan tegishli choralar ko'riladi.

Klubda moliyaviy maummolar yo'qmi degan savolga ham klub vice-prezidenti javob berib o'tdi. – Bilasizmi bugungi kunda oliy liganing deyarli barcha klubida bu borada kichik muammo mavjud. SHu jumladan “Andijon”da ham zo'r deya olmaymiz. Lekin vaziyatdan chiqish uchun amalda ish ketmoqda. Futbolchilar oldida nechta oylik va mukofot puli bo'yicha qarzordorliklar borligini aniq ayta olmayman. Bu klubning ichki siri hisoblanadi. Ammo nolishga xojat yo'q.

-Maqsadim shuki, andijonlik yosh futbolchilarni yuzaga chiqarish. Mana bu yildan Farhod Bekmurotov asosiy tarkibda o'ynay boshladi. 1995 yilda tug'ilgan ko'rg'ontepalik Baxtiyor Qosimov esa oliy ligad debyut qildi. Yana bir qator yosh futbolchilarimiz bosh murabbiyning etiborida bo'lib turibdi. Meni quvontirayotgani yoshlar jamoamizning bu yilgi chempionatda qayd etayotgan natijasidir. Murabbiy Vitaliy Legay yoshlar bilan astoydil ishlamoqda. Unga ham jiddiy etibor qaratgan xolda, sharoitlarini yaxshilab bormoqdamiz. Bungacha yoshlar jamoasiga etibor deyarli bo'lmagan. Futbolchilar mashg'ulotga uyidan qatnardi. Ayni damda esa qarorgohda ularga joy ajratilgan va uch mahal issiq ovqat bilan taminlamoqda. Bir xilda kiyintirdik. Yoshlarimiz ertangi kunimizdir. Nasib qilsa mavsum oxirida andijonlik kamida 5-6ta o'yinchi asosiy tarkibda o'ynaydi.

– Boshqa klublarda o'ynab yurgan andijonlik SHavkat Mullajonov, Bahrom Abdurahimov, Ildar Mamatkazin, Oleg Zoteev kabi futbolchilarni vaqti kelib jamoamiz yuqori o'rinlar uchun kurashadigan paytda ortga qaytarishga xarakat qilamiz. Hozir ular xalqaro maydonlarda o'ynamoqda. Bunday paytda ularni “Andijon”ga qaytarib, o'sishdan to'xtatib qo'yishni lozim topmadik.

SHu tariqa ishqibozlar o'zlarini qiziqtirgan va jumboq savollarga javob oldi va yaqin orada bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham uchrashuv tashkil qilib berishini rahbariyatdan so'radi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика