"Andijon" – "Metallurg" uchrashuvi so'ngida hushini yo'qotgan Kasmininning hozirgi holati qanday?
25 apr 2023 12:02
Yangiliklar
"Andijon" – "Metallurg" uchrashuvi so'ngida hushini yo'qotgan Kasmininning hozirgi holati qanday?
Kecha Superliga 7-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Metallurg" bahsi (5:0) bo'lib o'tdi.
Uchrashuv oxirida darvozabon Akmal Ortiqov jamoadoshi Vladislav Kasminin bilan jiddiy to'qnashdi. Buning oqibatida esa Kasminin hushidan ketdi.
Championat.asia belaruslik o'yinchining ayni paytdagi holati bilan qiziqib ko'rdi. Himoyachi o'zi bilan hammasi joyida ekanligini malum qilib, hammaga etibor uchun rahmat aytdi.
"Ko'p qo'ng'iroqlar bo'ldi. Xavotir bildirib telefon qilganlarga rahmat. Men bilan hammasi joyida", – dedi Kasminin.
Fikrlar