"Andijon": Kubok bahsiga tayyorgarlik boshlandi
18 may 2016 18:18
Yangiliklar
"Andijon": Kubok bahsiga tayyorgarlik boshlandi
“Andijon” o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Bo'lajak uchrashuvga futbolchilar seshanba kunidan tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jaroxati sababli Akmal Tursunboev, Javlon Guseynov hamda Iqbol Boboxonov mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. SHuningdek o'tgan turda qizil kartochka olgan Otabek Valijonov Kubok bahsida maydonga tusha olmasligi munosabati bilan murabbiylar futbolchiga biroz dam berishga qaror qilgan.
21 may shanba kuni kechadigan “Andijon” – “Qizilqum” bahsi soat 18:00da boshlanadi. Aytish kerakki, dastlabki bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Demak, keyingi bosqichga chiqish uchun jamoamizda ajoyib imkoniyat turibdi. Muxlislarni daldasi “Andijon” uchun nihoyatda muhim. SHu bois ishqibozlarni navbatdagi qiziqarli o'yinga taklif etib qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar