So’nggi yangiliklar

16:33Мбаппе, Куртуа ва Валверде "Реал"нинг бугунги ўйинини ўтказиб юборади  0 16:03U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонни мағлуб этган Корея Республикаси пенальтилар сериясида ютқазди ва финалга чиқа олмади  3 15:51Бир йилда 31та ўйин! Хулоса: Яман ва Индозенияни ютдик, Эрон ва Кореяга ютқаздик  8 15:44"Ман Сити" ёзда хавбек ва ўнг қанот ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Клубга Камбьязо ва Ливраменто қизиқ  0 15:20"Пахтакор" спорт директори: "Клуб Холдорхоновни сотди, лекин..."  4 14:49Равшан Эрматов: "Осиё кубогининг энг муҳим ўйинларини қабул қилиш учун 40-50 минг кишилик стадионлар талаб этилади. Биз бу масалада бир қанча лойиҳаларни кўриб чиқяпмиз"  8 14:38Ўзбекистон кубоги. Финал мезбонлиги уч стадиондан бирига насиб қилади  8 14:06«Атлетико» президенти: «ВАР яхши ҳакамликни ўлдирди»  4 13:30Пау Кубарси 12 йил ичида «Барселона» ҳимоячилари орасида энг ёш гол муаллифига айланди  3 13:00Жароҳатлардан азият чеккан, мусулмон немис билан бир хонада яшаган ва буюмларини "ўғирлатадиган" ОКМКнинг япониялик легионери билан яқиндан танишамиз  0 12:42Моуринью «Галатасарой» - «Фенербаҳче» ўйинидан кейин ҳакамлар хонасида бўлиб ўтган суҳбат тафсилотларини ошкор этди  0 12:01Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  12 11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1

"Andijon" klubi rahbariyati va muxlislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Andijon" klubi rahbariyati va muxlislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Teglar :  "Andijon"
Unda Andijon viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov, “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev va jamoaning personal xodimlari ishtirok etdi.

"Oldin xabar berib o'tganimizdek, “Andijon” jamoamiz rahbariyati bilan muxlislar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Andijon viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov, “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev va jamoaning personal xodimlari ishtirok etdilar. 

Malumki, O'zbekiston bo'yicha eng ashaddiy va jonkuyar ishqibozlar aynan “Andijon” fanatlari hisoblanadi. Ayniqsa, o'yin davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlashda ularning ijodkorligi, muxlislik darajasi juda baland. SHuning uchun ular nafaqat o'yinda, balki o'yindan tashqari holatda ham jamoamizni qo'llab-quvvatlab, hamma vaqt “Andijon” uchun qayg'urib kelishadi. 

Klub rahbariyati bilan muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil etilishi ham bejiz emas, aslida. “Bobur Arena”dagi muloqot ochiq va shaffoflik ruhi asosida o'tkazildi va unda ishqibozlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar. 

SHuningdek, mazkur uchrashuv samimiy va do'stona aloqalarga asoslangan holda bo'lib o'tdi. O'tgan vaqt davomida jonkuyar ishqibozlarimizni qiziqtirayotgan va javob izlayotgan savollari yig'ilib qolganligi uchun ham mazkur uchrashuv uyushtirildi. 

Masalan, jamoamizga bu yil taklif qilingan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay o'z gollari va o'yinlari bilan qanday darajadagi futbolchi ekanligini ko'rsatyapti va muxlislarning mehrini qozonishga ulgurdi. To'purarlar orasida borayotgani sababli oxirgi paytlarda Xebayga Superliganing boshqa klublari qiziqish bilan qarayotgani to'g'risida gap-so'zlar tarqaldi. Ishqibozlar esa bu borada ancha xavotirga tushib qolishgani sababli klub bosh direktoriga albaniyalik legioner masalasida savol bilan murojaat qildilar. 

Ulug'bek Mirzaev Xebayni “Andijon” bilan amalda 2 yillik shartnomasi borligini va boshqa klubga ketish haqida gap-so'z yo'qligini aytdi. Qolaversa, Xebayga vaqti kelib xorij klublaridan yaxshi taklif bo'ladigan bo'lsa, ana shunda "Andijon"  manfaatidan kelib chiqib, undan daromad topish uchungina xorijga transfer qilinishi mumkinligi ham qo'shimcha qilib o'tildi. Ayni paytda albaniyalik legionerning o'zi ham “Andijon”ga moslashib olganini va bu erdagi faoliyatidan mamnunligini yashirmayapti. SHunday ekan, Xebay masalasida ortiqcha gap-so'zga hojat yo'q.

Bundan tashqari, moliyaviy masalalar bo'yicha ham savollar bo'ldi. Hozirda aksariyat klublarda bu kabi qiyinchiliklar yo'q emas.  CHunki qaysidir futbol klubini moliyalashtirish oson jarayon hisoblanmaydi. 

“Andijon”da ham bu borada o'ziga yarasha muammolar bor. Lekin bu vaqtinchalik holat. Negaki, yaqinda klubga “O'zavtosanoat” AJ bosh homiy sifatida biriktirilgan va tez orada rasman moliyalashtirish boshlanadi. Bu xususida klub bosh direktori muxlislarga malum qildi. Mavjud qarzdorlik esa shubhasiz bartaraf etiladi.

Umuman olganda, uchrashuvda juda ko'plab muxlislar qatnashishdi hamda barchaga muhim bo'lgan, dolzarb masalalarga oydinlik kiritildi. 

SHu bilan birga "Bobur Arena" stadionidagi ishlar ham hech kimni befarq qoldirmayapti. Yangi chim o'rnatilgani, maydon sifati endilikda havas qiladigan darajaga keltirilgani etiborga molik. Projektor masalasida ham ishlar amalga oshirilmoqda. Ishqibozlar bu borada ham o'zlari uchun qo'shimcha malumotlarga ega bo'ldilar. Jamoamizning o'z stadioniga qaytishini hamma intiqlik bilan kutayotgani rost. Barchasi tez orada bartaraf etilishi uchun amaliy ishlar olib borilyapti. 

“Andijon” klubi har doim muxlislar uchun, ularni o'z g'alabalari bilan xursand qilish maqsadida o'ynaydi. SHuning uchun ham klub va muxlislar o'rtasida birdamlik, hamjihatlik rishtalari o'rnatilgan. Kelgusida yana shunday uchrashuvlar o'tkazishga kelishib olindi.

Oldinda esa jamoamizni 27 may sanasida Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida vodiy derbisi doirasida Yaypanning “Turon” klubiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Jamoamizning butun etibori bo'lajak bahsga qaratilgan. O'z navbatida O'zbekistonda 1-raqamli bo'lgan Nodirbek To'ychiev boshchiligidagi jonkuyar fanatlarimiz ijobiy natija kutishyapti va ular bunga haqli. 

SHunday ekan, 27 may kuni bo'lib o'tadigan muhim uchrashuvga barcha muxlislarimizni chorlab qolamiz. Zero, sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz futbolchilarimizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi", -deyiladi klub bergan xabarda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика