Andijon kechagi g'alabadan so'ng tarixiy natijani qayd etdi
08 avg 2024 08:50
Yangiliklar


Andijon kechagi g'alabadan so'ng tarixiy natijani qayd etdi
Kecha Andijon O'zbekiston kubogining chorak finalida Qizilqumni mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
SHu tariqa, «burgutlar» tarixlarida ilk bor O'zbekiston kubogining yarim finaliga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Surxon» klubi 21 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston kubogining yarim finaliga yo'l olishgandi.
Malumot uchun, O'zbekiston kubogining yarim final juftliklari qura tashlash orqali aniqlab olinadi.
Hozirga kelib, «Surxon», «Andijon» va «Navbahor» yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan. So'nggi chorak final uchrashuvi 15 avgust kuni bo'lib o'tadi. Unda «Paxtakor» va «Bunyodkor» o'zaro bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0
19:00
O'zbekiston Kubogi. "Mashal" irodali g'alabaga erishdi, "Sho'rtan" yirik g'alabani tantana qildi 3

Fikrlar