

Shu tariqa, burgutlar tarixlarida ilk bor O'zbekiston kubogining yarim finaliga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Surxon klubi 21 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston kubogining yarim finaliga yo'l olishgandi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston kubogining yarim final juftliklari qur'a tashlash orqali aniqlab olinadi.
Hozirga kelib, Surxon, Andijon va Navbahor yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan. So'nggi chorak final uchrashuvi 15 avgust kuni bo'lib o'tadi. Unda Paxtakor va Bunyodkor o'zaro bahs olib boradi.



