

Bu yil ham ushbu anana davom etadi. Xabaringiz bor, joriy mavsumga "Andijon"ni yangi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov tayyorlamoqda. Tarkibda ham e'tiborga molik o'zgarishlar qilindi. O'ndan ortiq yangi futbolchilar tarkibga jalb etildi. Ertaga jamoamiz ularni keng ommaga rasman tanishtiradi.
Ushbu tadbir Andijon shahridagi "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli drama teatr zalida soat 15:00da boshlanadi. "Andijon" jamoasiga befarq bo'lmagan ishqibozlarni va ommaviy axborot vositalarini mazkur anjumanga taklif etib qolamiz.
"Andijon" matbuot xizmati.



