So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  11 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

Andijon jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev bilan kichik intervyu Yangiliklar

Andijon jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev bilan kichik intervyu

"Andijon" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev bilan kichik intervyu tashkil etdi.

- Tarkibni kuchaytirish borasida muxlislar ko'p so'rashmoqsa. Tarkibga o'zbekistonlik nomdor futbolchilar ham keladimi?

- Nomdor futbolchilarning narxi baland, ularga maoliyaviy xolatimiz to'g'ri keladi ham, ammo biz mablag'larni to'g'ri sarflamoqchimiz. Misol uchun, ushbu mablag'larni yosh futbolchilar uchun sarflayapmiz. Bitta nomdor futbolchidan ko'ra uchta yosh futbolchi yoki tajribasi bor legionerga etibor qaratyapmiz. To'g'risi nomdor futbolchilar emasku, ammo o'ziga yarasha nomi bor futbolchilar ushbu yig'inga jalb qilinishi rejada bor. Ammo, baribir hammani ham «futbolchi nomdor ekan» deb tarkibga jalb etavermayman, negaki o'zimga yarasha o'yin uslubim va falsafam bor. Misol uchun nomdor futbolchi mening o'yin uslubimga to'g'ri kelmas yoki jamoaning ichki muxitiga to'g'ri kelmasligi mumkin.


- Muxlislar ushbu mavsum jamoamizdagi o'zgarishlardan so'ng, natijada va o'yinlarda boshqacha «Andijon»ni ko'rishni intizorlik bilan kutishmoqda. Muxlislarga nima deya olasiz va nima vada bera olasiz?

- Jamoaga muxlislik qilishlarini so'rab qolaman. Men doyim yaxshi niyyat qilishni yaxshi ko'raman. Jamoa rahbariyati ushbu mavsumda «Andijon» untalikka kirishini vazifa qilib qo'ygan. Ammo mening o'zimni maqsadim jamoani ettilikka olib chiqish. Balkim, mavsum davomida ishtaxa ochilib, yana ham yorqin, o'yin uslubi o'zgacha bo'lgan «Andijon»ni ko'rishadi. Ammo, jamoa shakillanishi o'z-o'zidan bo'lib ketmaydi. Barchasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, lekin ligada qolish uchun kurashadigan «Andijon» bo'lmaydi, bu aniq, chunki rahbariyat o'ninchi o'rinni vazifa qilib qo'ygan. Ammo biz murabbiylar shtabi o'zimiz uchun kamida ettinchi o'rinni maqsad qilib qo'yganmiz. Xudo xoxlasa jo'jani kuzda sanaymiz. O'shanda meni ishimga ham jamoaning o'yiniga ham muxlislar o'zlari baxo berishadi. Faqat muxlislar bizni qo'llab quvvatlab turishda davom etishini va ishonishini so'rab qolaman. To'g'ri, muxlislarni ham to'g'ri tushinish kerak, sababi bo'layotgan o'rtoqlik uchrashuvlaridagi mag'lubiyatlardan xavotirga tushishmoqda, ammo men xavotirda emasman, sababi jamoa mag'lubiyatga uchrasa ko'p xato va kamchiliklar ko'rinmoqda. Hozir shu kamchiliklarni ko'rib, bartaraf etgan yaxshi. SHuning uchun o'rtoqlik uchrashuvlaridagi mag'lubiyatlardan xulosa chiqarmasliklarini so'rab qolardim.


- Muxlislar «Otabek G'ulomxo'jaev rahbariyat imkon qilib bersa ham katta transfer amalga oshirmayapti, futbolchilar sotib olmayapti» deya norozilik bildirmoqda. Siz bunga nima deya olasiz?

- Avvalo, birinchidan: rahbariyat yo'q bo'lib ketayotgan jamoani saqlab qoldi. Ikkinchidan: jamoani hamon qarzlarini to'lab kelishmoqda. Ollohga shukur hozirda, Toshkentda zamonaviy mexmona va yaxshi o'yingohlarda tayyorgarliklarni davom ettirmoqdamiz.

Maxalliy futbolchilardan 11ta futbolchini yig'ib bo'lmaydi. Yildan yilga ikita, uchta, to'rtta maxalliy futbolchilar qo'shilib boriladi, bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvalo tizim yaratib olish kerak. SHundan so'ng, 3-4ta Andijonlik yosh futbolchilar va tajribali futbolchilar yoniga boshqa nomdor futbolchilarni ham jalb qilamiz. Rahbariyatimiz sharoyit yaratib bermoqda, shuning uchun narxi ham xamyonbob va sifati ham yaxshi futbolchi jalb etish kerak. Va shu o'yinchilar qatorida Andijonlik futbolchilarni ham shakllantiramiz. Maqsad Andijonda yillar davomida bo'lmagan tizimni yo'lga qo'yish. Bolalar futbolidan tortib bosh jamoagacha !

To'g'ri, rahbariyat imkon qilib bermoqda. Balkim «futbolchilar jalb qilinmayapti» degan gaplar muxlislar tomonidan noto'g'ridir. Bazi futbolchilarni elon qilmayotganimizni sababi, futbolchilarni boshqa jamoalar olib ketishmoqda. To'g'risi, Andijonda bo'lib o'tgan qarzdorliklar, yillar davomida futbolchilarga oylik maoshlari o'z vaqtida to'lanmaganligi sabab yangi futbolchilarni jalb qilishda malum bir qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Xudo xoxlasa mavsum davomida muxlislar yaxshi jamoa shakillanganini ko'rishadi.


 -Kelishi kutilayotgan legionerlar jamoa tarkibiga qachon kelib qo'shiladi?

- Kelishi kutilayotgan legionerlar ushbu yig'inda jamoaga kelib qo'shiladi. Ular orasida tayyor shartnomaga keladigan legionerlar va ko'rik uchun keladigan legionerlar ham bor. Barchasi yaqin kunlarda rasmiy sahifalar orqali elon qilinadi. 


- Edgar Bernxardt mashg'ulotlarda ko'rinmay qoldi, hozir u qaerda?

- Edgar oilaviy masalasi tufayli bizdan 4-5 kunga ruxsat oldi va hozirda o'z yurtida bo'lib turipdi. Edgar ushbu xaftaning oxirida jamoaga kelib qo'shiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика