So’nggi yangiliklar

00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  4 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0

“Andijon IFMI” Qozog'istondagi xalqaro turnirda Yangiliklar

“Andijon IFMI” Qozog'istondagi xalqaro turnirda

Ayni damda Qozog'istonning CHimkent shahrida bolalar o'rtasida xalqaro xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Unda Andijon viloyatining “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati” jamoasi ham bevosita ishtirok etmoqda. 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston jamoasidan tashqari Rossiya va Qozog'iston davlatlaridan ham jamoalar qatnashmoqda. 

CHempionatda jami 12ta jamoa ikki guruhga bo'lingan xolda, g'oliblik uchun kurashmoqda. Malumot uchun “Andijon IFMI” jamoasiga bosh murabbiy SHoxrux Ishanov va murabbiy Lochin Guldaev boshchilik qilmoqda. 

“Andijon IFMI” jamoasi o'rin olgan guruhda “YUKO”FK, “Ordabasi”, “Sayram futbol maktabi”, “BIK-akademiya” hamda “Lokomotiv-akademiya” jamoalari o'rin olgan. 

Vakillarimiz turnirdagi ishtirokini boshlab yubordi va hozircha uchta o'yin o'tkazib, shuladan ikkitasida g'alaba va bitta bahsni nursiz durang bilan yakunladi. 

“BIK-akademiya” – “Andijon-IFMI” 0:0

“Andijon-IFMI” – “Sayram-futbol maktabi” 2:1 

“Andijon-IFMI” – “YUKO” FK 2:0


“Andijon-IFMI” tarkibida Qozog'istondagi xalqaro turnirda quyidagi futbolchilar ishtirok etmoqda:

Asilbek Tojiddinov, Fayzullo Nurmuhammedov, SHoxjahon Ikromov, Abubakir Rejabov, Abdusamat Hamidjonov, SHoxjahon Yorqinboev, Omad Tursunaliev, Fazliddin Zuhridinov, Rahmatillo Izzatullaev, B.Abdumamitov, Rahmatillo Karimov, Izzatillo Abdumalikov, O'ktam Abdumalikov, R.To'raboev, Oyatillo No'monov, Azizbek Usmonov, Hamidillo Karimov, Zayniddin Hamroboev.   

Ertaga SHoxrux Ishanov shogirdlari “Lokomotiv-akademiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 

21 oktyabr kuni esa “Ordabasi”ga qarshi maydonga tushadi. SHu tariqa guruhdagi uchrashuvlar yakuniga etadi. 

Aytish lozimki, “Andijon-IFMI” jamoasi mazkur turnirda o'z oldiga eng avvalo guruhdan chiqish vazifasini joriy etgan.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика