So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  1 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  6 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  140 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

Andijonga JCH-2003 ishtirokchisi qo'shildi Yangiliklar

Andijonga JCH-2003 ishtirokchisi qo'shildi

Teglar :  AndijonIslom Inomov
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan Andijon bugun nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazadi.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi «burgutlar» bugun tushlikdan «Bunyodkor» yoshlar jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tarkibni tajribali o'yinchilar hisobiga kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Yaqinda andijonliklar lageriga mamlakatimizdagi taniqli futbolchilaridan biri - Islom Inomov kelib qo'shildi. O'tgan mavsum super liga vakili «Olmaliq»da o'ynagan futbolchi, 2009 yilgi mavsumda ham «Andijon» sharafini himoya qilgandi.

Bundan tashqari Inomov futbolchilik faoliyati davomida «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor» hamda «Nasaf» kabi jamoalarda xarakat qilib, bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.

SHuningdek tajribali futbolchi 2003 yili yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati qatnashchisi, turli yoshdagi terma jamoalar va Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi ham sanaladi.

Ayni damda Islom Inomov «Andijon» mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика