So’nggi yangiliklar

16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  6 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  7 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  6 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  11 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  3 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   2 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  48 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  5 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1

"Andijon" bosh direktori: "Hamidullaev istefosiga qo'ng'iroq yoki kimningdir gap so'zi sabab bo'lgani yo'q. Bu mening shaxsiy fikrim edi" Yangiliklar

"Andijon" bosh direktori: "Hamidullaev istefosiga qo'ng'iroq yoki kimningdir gap so'zi sabab bo'lgani yo'q. Bu mening shaxsiy fikrim edi"

Bosh murabbiy istefosi ko'p muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Aslida vaziyat qanday edi? Jamoa bosh direktori Doniyorbek Mullajonovdan ushbu vaziyatga izoh berishini so'radik.

"Baxtiyor Hamidullaev masalasi juda ko'p joyda bahsga sabab bo'lmoqda. Bunga qandaydir qo'ng'iroq yoki kimlarningdir gap so'zlari sabab bo'lgani yo'q. Bu mening shaxsiy fikrim edi.

Biz Hamidullaevga juda ko'p imkoniyatlar yaratib berdik. Meni fikrimcha Hamidullaev ijtimoiy tarmoqlarga bergan intervyusida aytgan gaplari bilan o'zini vaziyatdan olib chiqmoqchi bo'lmoqda. "Bu futbolchilar bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi" deb menga juda ko'p marotaba aytib kelar edi. Murabbiy bunday gaplarni aytganidan so'ng futbolchilardan nima kutish mumkin? Murabbiy masalasi juda qaltis masala deb o'ylayman. CHunki murabbiy qanday tarbiya bersa, ruhiyati qanday bo'lsa, futbolchilar ham shunga qarab o'zgaradi. Men o'zgarishlarni yaxshi ko'radigan insonman va hammaga bir marotaba imkoniyat beraman. Agar qo'lidan kelsa bajarishi kerak deb o'layman. Bu mening yoki Hamidullaevning futboli emas, bu Andijon xalqimizning futboli!

Hamidullaev o'z intervyusida "meni ishimga aralashishmasin, men murabbiy bo'lsam, o'zim hal qilaman, nima qilish kerakligini o'zim bilaman" deya gapiripti. Bu gaplar menimcha kerak emas edi. Futbol bu millionlar o'yini, xalq o'yini, bu sohada kichkinagina xato ham qimmatga tushishi mumkin. Qolaversa, Murabbiy ham murabbiyligini qilishi lozim.

Biz jamoani qabul qilib olganimizda Andijon futboli tarafma-taraf edi. Yani futbolchilar alohida taraf, murabbiy alohida taraf, xodimlar esa alohida. Boshlanishida Hamidullaevga ishonch bildirdik. To'g'ri u Andijon farzandi, qolaversa yaxshi hujumchi bo'lgan. Lekin aslida "Metallurg" bilan o'yindan so'ng uning jamoadan ketishi aniq bo'lgan edi. CHunki jamoani yaxshi tayyorlay olmaganligi uchun undan ko'p narsa talab qilmasligimizni so'ragan edi. Uning aytishicha murabbiyga katta pul to'lasa keyin natija talab qilish kerak ekan. Vaholanki Baxtiyor Hamidullaev hali murabbiylikda natijalar qayd etmay turib, o'zini "yulduz murabbiy" deb hisoblamoqda. Andijon farzandi bo'la turib bunday gaplarni aytishini xato deb bilaman. Biz unday inson bilan qanday ishlaymiz?

Jamoani qabul qilib olgandan buyon jamoaga ikki milliard so'mdan ortiq mablag' sarfladik. Bular kim uchun? O'zimiz uchunmi? Yo'q bu xalqimiz uchun, Andijonimiz uchun! Insonning o'z manfaatlari birinchi o'rinda turar ekan, hayotda hech narsaga erisha olmaydi. Hayotda puldan ham muhimroq narsalar bor. Bulardan biri vatan tuyg'usi. Oldingi intervyularimda ham aytganman. Bizga tug'ilib o'sgan vatani, viloyati shani uchun jonini berib ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Futbolchilar masalasiga kelsak, men yigitlarni ancha erkalatib yubordik deb o'ylayman. Ular orasida yilning oxirigacha bo'lgan maoshini to'lab bergan futbolchilarimiz ham bor. Biz ham shunga yarasha natija talab qilamiz-da albatta. Jamoa uchun oldingidan ko'ra yaxshi sharoitlar qilib berdik. Ammo ko'rayapsizki natija yo'q. Nima uchun Andijonda futbol bo'lmasligi kerak? Agar hammamiz bir yoqadan bosh chiqarmasak, yana eski tizim, eski fikrlash va eski g'oyalar bilan ketsak, futbolimiz rivojlanishdan to'xtab qoladi. Biz jamoada yana eski tizimda ishlaymiz deb hech kimga vada bermaganmiz, chunki biz eski tizimni ko'rib, o'rganib chiqqanmiz. Biz jamoani qabul qilib olganda nega yangi ishchi xodimlarni ishga oldik? Sababi yangi inson, yangi g'oya, yangi qon bo'lishini xohladik. CHetdan turib, yozish, fikr berish, gapirish oson. Agar shu gap so'zlar bilan biror narsa o'zgarganida, shu paytgacha o'zgargan bo'lar edi. Men har xil gap so'zlarga parvo qilmayman. Mening shaxsiy fikrim bor. Meni barcha to'g'ri tushindi deb umid qilaman. Biz etiborimizni gap so'zlarga emas, balki barcha etiborimizni futbolga qaratishimiz lozim. Biz yana oldinga yurishda davom etamiz. Nima bo'lgan taqdirda ham ortga chekinish yo'q. Menga bir ikkita salbiy odamlarning fikridan ko'ra, Andijon xalqiga bergan vadamiz, ularning oldidagi vazifamiz muhimroq. Bosh murabbiy masalasiga kelsak bu ish 99% hal bo'ldi. Xudo xohlasa bu haqida tez orada elon qilamiz", - deydi Doniyorbek Mullajonov.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика