"Andijon" 2 nafar legioneri bilan xayrlashdi
10 iyu 16:55
Yangiliklar
"Andijon" 2 nafar legioneri bilan xayrlashdi
Ayni paytda yozgi transfer oynasi ochiq holatda bo'lgani sababli jamoa tarkibida ayrim o'zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, "Andijon" bilan xayrlashayotgan ayrim futbolchilar bor.
Klub matbuot xizmatiga ko'ra, tarkibni 2 nafar o'yinchi rasman tark etdi: bular – chernogoriyalik Armin Boshnyak va gruziyalik Nodari Kavtaradze.
Yarim himoyachi Kavtardaze o'tgan yili "Andijon" safiga qo'shilgan bo'lib, chempionatda 11 ta, Kubokda 2 ta o'yinda ishtirok etgan. Keyin esa jiddiy jarohat olib davolanishiga to'g'ri keldi. Ikki tomon o'zaro kelishgan holatda shartomani bekor qilishdi.
Yana bir yarim himoyachi Boshnyak yodingizda bo'lsa, o'tgan yilning ikkinchi yarmida "Andijon"ga qo'shilgandi. Yaqinda esa u bilan tuzilgan shartnoma yakuniga etdi. O'tgan vaqt davomida Armin Superligada jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Qolaversa, O'zbekiston Kubogi bahslarida 3 ta o'yinda qantashib, 1 bor gol muallifiga aylandi.
Fikrlar