"Andijon" 10 sentyabr kuni xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2023, 17:20
FIFA kunlari munosabati yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish uchun "Andijon" klubi ham o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.

10 sentyabr kuni Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "burgutlar" Qirg'iz Respublikasining Jalolobod shahrida "Muras Yunayted" klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Yaqindagina Jalolobodda "Barselona" akademiyasiga tamal toshi qo'yilgandi.

"Andijon" 16 sentyabr kuni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida avvalroq xabar bergandik.

"Burgutlar" Superliganing 19-turini 23 sentyabr kuni o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi o'tkazishadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia