Anchelottining fikricha, "Bavariya" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuvda kuchlar teng
17 fev 2016 11:09
Yangiliklar


Anchelottining fikricha, "Bavariya" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuvda kuchlar teng
"Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti myunxenliklarga qarshi "Yuventus"ning CHempionlar ligasi 1/8 finalidagi uchrashuvi borasida fikr bildirdi.
"Bu ikki teng kuchli jamoalarning uchrashuvi. "Yuventus" ayni damda juda yaxshi xolatda, ular ketma-ket 15 uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Ammo "Bavariya" bu "Bavariya". Jamoada yuqori darajali futbolchilar to'p tepadi va ular CHempionlar ligasiga etibor qaratgan. Bu bahs taqdiri Myunxendagi javob uchrashuvida hal bo'ladi" - deydi italiyalik mutaxassis.
Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 23 fevral kuni, ikkinchisi esa 16 martda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar