Anchelotti yaqin vaqtlarda istefoga chiqarilmaydi
10 noy 2019 18:51
Yangiliklar


Anchelotti yaqin vaqtlarda istefoga chiqarilmaydi
"Napoli" rahbariyati yaqin vaqtlarda bosh murabbiy Karlo Anchelottining istefosini ko'rib chiqmaydi.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, murabbiy kamida ECHL 5-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinga qadar jamoadagi faoliyatini saqlab qoladi.
Mahalliy jurnalistlarning berayotgan malumotlariga qaraganda, murabbiyning ishda qolayotgani klub prezidenti Aurelio de Laurentisning AQSHga jo'nab ketgani bilan bog'liq ekan.
"Napoli" ayni damda 12 turdan keyin Italiya chempionati turnir jadvalining 7-pog'onasida ketmoqda. Neapolliklar so'nggi 4 o'yinda g'alabaga erishganlaricha yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar