Anchelotti xulqi tufayli ikki-uch uchrashuvga chetlatilishi mumkin
11 may 2015 12:12
Yangiliklar


Anchelotti xulqi tufayli ikki-uch uchrashuvga chetlatilishi mumkin
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ikki yoki uch uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Karlo Anchelotti "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda hakamlar qaroridan norozi bo'lib, o'yin yakunida ularga qarsak chalgani uchun Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF) unga yuqorida keltirilgan jazo chorasini qo'llashi mumkin. Hakamlar ushbu voqea to'g'risida o'yin haqidagi hisobotda ko'rsatib o'tishgan.
Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Fikrlar