Anchelotti Xamesdagi holatni Ronaldo bilan taqqosladi
03 noy 2020 18:51
Yangiliklar
Anchelotti Xamesdagi holatni Ronaldo bilan taqqosladi
Mutaxassis orada braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoni ham eslab o'tdi.
"Xamesni sotib olganimizda hamma uning jismoniy holati haqida qayg'urdi, uning bu borada Premer-ligaga moslashib keta olishi havotirga soldi. Unda birinchi to'rtta uchrashuvda nechta sprint (yugurish) bo'lganini bilasizmi? Ettita! Samarali pas va gollar unda sprintlaridan ko'proq bo'ldi. Bu erda nima haqida gapirish kerak? Biz futbolchidan maydonda nimani kutamiz?
"Milan"da ishlaganimda Ronaldoni olib kelganmiz. U klubga kelganida vazni 100 kg edi. Birinchi o'yindan oldin unga shunday dedim: "Sen bilasanmi, men seni maydonga tushira olmayman. Sen vazn tashlashing kerak". U esa quyidagicha javob qaytardi: "Siz maydonda mendan nima xohlaysiz? Gol urishimnimi yoki yugurishimni? Agar maydonda yugurishimni xohlasangiz meni zaxirada qoldiring, agar golni xohlasangiz meni tushiring!"
Men uni maydonga tushirdim. U yugurmadi, lekin ikkita gol urdi. Xames bilan ham deyarli shunday tarix", - deya Anchelottining so'zlarini keltirdi "France Football".
Xames "Everton"da 6 o'yin o'tkazdi va 3ta gol urib, 3ta golli pas berdi.
Fikrlar