Anchelotti: Xabi Alonso meni eslatmoqda, Isko esa – Zidanni
05 dek 2013 11:16
Yangiliklar


Anchelotti: Xabi Alonso meni eslatmoqda, Isko esa – Zidanni
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlari Xabi Alonso va Iskoning shaniga iliq maqtovlar aytib o'tdi, deya xabar bermoqda ispan OAVlari.
Italiyalik mutaxassis Alonso yaqin kunlarda shartnomasini uzaytirishiga umid qilmoqda.
"Oxirgi o'yinlarda biz yaxshi harakat qilyapmiz, Alonso esa bunda muhim rol o'ynamoqda. U juda tajribali va sifatli o'yin ko'rsatadigan futbolchilardan. Klub raxbariyati yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib borishmoqda. Umid qilamanki u bilan shartnomani uzaytiramiz. Xabi menga o'zimni eslatmoqda, Isko esa – Zinedin Zidanni yodga solmoqda", - dedi Anchelotti.

Fikrlar