Anchelotti “Verder” bilan o'yindan keyin nimalar dedi?
27 avg 2017 01:42
Yangiliklar
Anchelotti “Verder” bilan o'yindan keyin nimalar dedi?
“Bavariya” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Bundesliganing 2-turi doirasida “Verder” ustidan (2:0) qozonilgan g'alaba haqida to'xtaldi.
“Natijadan xursandman. Bugun juda qiyin bahsda muhim g'alabaga erishdik. Uchrashuvning uchdan ikki qismida bizda bo'sh zonalarni izlashda qiyinchiliklar bo'ldi. Murabbiy har doim nimanidir yaxshilashga urinadi. Yakunda hammasidan muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish”, deydi Anchelotti.
Fikrlar