So’nggi yangiliklar

11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  0 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  1 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  9 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  7 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  26 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  12 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  16 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0

Anchelotti va Kurtua Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga o'tganini qo'llab-quvvatladi Yangiliklar

Anchelotti va Kurtua Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga o'tganini qo'llab-quvvatladi

Ispaniya Superkubogi uchun tayyorlanayotgan Krishtianu Ronalduning sobiq klubi Saudiya Arabistonida o'yin o'tkazadi.

37 yoshli portugaliyalik yulduz "Real" uchun 9 mavsum o'ynadi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Krishti o'tgan hafta "Al Nassr" futbolchisi sifatida tanishtirildi. U "Manchester Yunayted" bilan o'zaro shartnomani bekor qilganidan keyin erkin agentga aylangan edi. 

"Qirollik klubi" mamlakat Superkubogi yarim finalida chorshanba kuni Ar-Riyodda "Valensiya" bilan to'qnash keladi. Yakshanba kuni esa ular o'rtasidagi o'yin g'olibi "Barselona" va "Betis" juftligi g'olibi bilan finalda titul uchun kurash olib boradi.

Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ronalduning Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"O'ylashimcha, Krishtianu bilan shartnoma imzolash orqali biror davlat mamlakatda sportni rivojlantirishga intilayotganini namoyish etadi. Biz buni "Formula 1"da ko'rdik. Biz buni boshqa turnirlarda ham ko'rdik. Xuddi biz bu erda ekanimiz kabi.

Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etdi. Krishtianu bu erga o'zining qaroriga ko'ra keldi. Lekin bu Saudiya Aradistonining o'sishga intilayotganini ko'rsatadi. SHunday darajadagi futbolchining ushbu ligaga borib qo'shilgani liga uchun juda muhim".

Jamoa ustozi Karlo Anchelotti shunday qo'shimcha qildi: 

"Bu fantastik shartnoma ("Al Nassr" uchun). Biz Ronalduga barcha yaxshi niyatlarni tilaymiz. U – klubimiz afsonasi".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика