Anchelotti: "Ronaldu Raulning rekordini takrorlamaganidan xafa emas"
05 noy 2014 11:51
Yangiliklar


Anchelotti: "Ronaldu Raulning rekordini takrorlamaganidan xafa emas"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvida gol ura olmagan Krishtianu Ronalduning kayfiyati buzilgani yo'q.
"Krishtianu bir necha marta gol urishga urinib ko'rdi, ammo omad unga kulib boqmadi. Bundan tashqari, raqiblar darvozaboni ham o'z ishini yaxshi uddaladi. Keyingi o'yinlarda u gol uradi degan umiddaman, bu bilan bizda muammo yo'q. Ertami kechmi Ronaldu Raul rekordini yangilaydi. U xafa bo'ldi deb o'ylamayman" - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu CHempionlar ligasida 70ta gol urishga erishgan. Raulning hisobida esa 72ta gol bor.

Fikrlar