
"Krishtianu bir necha marta gol urishga urinib ko'rdi, ammo omad unga kulib boqmadi. Bundan tashqari, raqiblar darvozaboni ham o'z ishini yaxshi uddaladi. Keyingi o'yinlarda u gol uradi degan umiddaman, bu bilan bizda muammo yo'q. Ertami kechmi Ronaldu Raul rekordini yangilaydi. U xafa bo'ldi deb o'ylamayman" - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Chempionlar ligasida 70ta gol urishga erishgan. Raulning hisobida esa 72ta gol bor.