Anchelotti "Real"ni tark etishini biladi
10 fev 2025 17:17
Yangiliklar
Anchelotti "Real"ni tark etishini biladi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubda yana bir necha oy ishlashidan xabardor.
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Anchelotti Xabi Alonso "Liverpul"da ishlashni istamagani va "Real"ga bosh murabbiy etib tayinlanishi sababli "Bayer" bilan shartnomasini uzaytirmasligini biladi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2021 yildan buyon "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Ispaniya chempionatining 23 turidan keyin "Real" 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi bilan farq 1 ochkoni tashkil qiladi.
"Real" 11 fevral kuni safarda "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Chempionlar Ligasi o'tish bosqichining birinchi o'yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar