

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatiga bu uning jamoadagi so'nggi mavsumi ekanini aytdi.
"El Nacional" ma'lumotlariga qaraganda, "Real" prezidenti Florentino Peres allaqachon o'rinbosar qidirishni boshlagan. Favorit – "Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel.
Manbaga ko'ra, Peres Tuxeldan boshqa klubga o'tmaslikni so'ragan. Shunga qaramasdan, Germaniyada "Bavariya"ning qiziqishi haqida mish-mishlar yuribdi.



