Anchelotti "Real"dan ketgach, Italiyaga qaytishi mumkin...
10 apr 2025 18:12
Yangiliklar
Anchelotti "Real"dan ketgach, Italiyaga qaytishi mumkin...
"SportMediaset"ning xabariga ko'ra, Madriddagilar Anchelottidan ECHL joriy mavsumida ham ijobiy natija kutishayotgan — qoniqarsiz natija qayd etilgan taqdirda murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatiladi.
Futbol olamida Anchelottining ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ortib bormoqda. Italiyalik faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan ehtimoliy manzillar ichida Braziliya termasi tilga olinmoqda, ammo hozircha bu borada aniq malumotlar mavjud emas. Bunday holatda "Roma" yoki "Milan"ga qaytish variantlari birinchi planga chiqmoqda.
Ayniqsa, "Milan" bu borada favorit deyilmoqda. Sababi Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin sahifalardan bazilari shu klub bilan bog'liq. Fonseka bilan xayrlashgach, klub hamon stabil o'yin ko'rsata olmayapti. Bunday variantda Anchelotti ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishi qiyin bo'lsada, ichki hissiyotlar uni Milan shahriga boshlashi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar