Anchelotti "Real"dagi g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi
09 okt 2022 11:11
Yangiliklar


Anchelotti "Real"dagi g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi
Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi sifatida LaLigadagi 90-g'alabasini qayd etdi.
Italiyalik mutaxassis bu borada Leo Benxakkerdan (89) o'tib ketdi va klub tarixida g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi. Bu boradagi natijada u Zinedin Zidan (124) hamda Migel Munosdan (257) ortda.
O'z navbatida Anchelotti ushbu murabbiylar ichida g'alabalari foizi eng ko'pini qayd etyapti - 73 foiz (122 o'yinda 90 g'alaba). Benxakkerda bu 64 foizni (139/89), Zidanda 67 foiz (183/124)ni tashkil qilsa, Munosda bu 60 foizga (424/257) teng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar