Anchelotti: "Oshirib yubormanglar, biz chempionlikka kurasha olmaymiz"
23 jan 2021 22:34
Yangiliklar


Anchelotti: "Oshirib yubormanglar, biz chempionlikka kurasha olmaymiz"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining APL chempionligi uchun davogarligi haqida gapirdi.
"To'g'risini aytganda, biz chempionlik borasida o'ylamayapmiz. Oshirib yubormanglar, mavsum avvalida aytganimdek, evrokuboklar uchun kurashamiz.
Ayni damda yaxshi holatdamiz. Menimcha, sovrin uchun kurashadigan darajada emasmiz", - dedi italiyalik.
"Irislar" APL doirasidagi so'nggi 6 o'yinning 5tasida g'alabaga erishdi. Navbatdagi bahs "Lester"ga qarshi o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar