Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi to'qnashuv oldidan bir qator poziciyalardan xavotirda
10 fev 2025 16:22
Yangiliklar
Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi to'qnashuv oldidan bir qator poziciyalardan xavotirda
Seshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.
Karlo Anchelotti yaqinda Antonio Ryudiger va David Alabaning jarohatidan so'ng markaziy himoyachi borasida qiynalmoqda.
"Mundo Deportivo"ning yozishicha, murabbiy yana ikkita poziciya - himoya qanotlari bo'yicha ham xavotirda. Fran Garsiya va Lukas Vaskesning “Atletiko”ga qarshi derbidagi o'yinlari "Real" ustozini o'ylantirib qo'ydi. Bundan tashqari, Vaskes jarohat olib ham ulgurdi.
Federiko Valverde "Manchester Siti"ga qarshi o'ng qanotda o'ynashi kutilmoqda (urugvaylik futbolchi mavsum davomida bir necha bor bu poziciyada harakat qildi). Ferlan Mendi esa chap qanotda harakatlanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" – "Real" uchrashuvi 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar