Anchelotti: "Liverpul"ning chempionligi "Gudison Park"da ro'y bermasligiga umid qilaman"
08 fev 2020 14:44
Yangiliklar


Anchelotti: "Liverpul"ning chempionligi "Gudison Park"da ro'y bermasligiga umid qilaman"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul" chempionlikni "Gudison Park"da rasmiylashtirishini xohlamasligini aytib hazillashdi.
APL 30-turi doirasida "Everton" va "Liverpul" o'rtasidagi bahs 16 martda bo'lib o'tadi.
"Liverpul" APLni yutishga taraddud ko'rmoqda. Umid qilaman, bu "Gudison Park"da ro'y bermaydi. Boshqa ko'plab stadionlar bor. Nima uchun "Gudison Park"?", - deya Anchelottining so'zlarini keltirdi "Daily Mail" nashri.
Angliya chempionati 25-turidan so'ng "Liverpul" 73 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. Ular ikkinchi pog'onadagi "Manchester Siti"ni 22 ochkoga ortda qoldirishmoqda.
Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar