Anchelotti g'alabali o'yindan so'ng nimalar dedi?
15 sen 2022 07:29
Yangiliklar
Anchelotti g'alabali o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ECHL doirasida "Leypcig"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz fantastik o'ynamadik. Ammo "Leypcig"ni qarshi hujumda o'tkazib yuborishni istamadik, shuning uchun qattiq bosim qildik. Faqatgina ikki marotaba ular ortimizdan kelishdi, umuman olganda esa barchasini biz nazorat qildik.
Biz yutishni istagandik, mudofaadagi ogohlik juda muhim edi. Mana nima uchun yarim himoyachilarni ko'p ham oldinga chiqarmadik. Raqibda kuch tugay boshlaganda biz faollashdik va haqli g'alabaga erishdik.
Hozir futbolchilardan fantastik o'yinni emas, ko'proq aql bilan o'ynashni so'rayman.
Ertaroq gol urishni istaymiz, ammo CHempionlar ligasi oson musobaqa emas. Yakunda biz barchasini bajara oldik", - dedi Anchelotti.
Fikrlar