Anchelotti Benzema "Osasuna"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashini tasdiqladi
01 okt 2022 18:05
Yangiliklar
Anchelotti Benzema "Osasuna"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashini tasdiqladi
Karlo Anchelotti La Liganing navbatdagi turidagi "Osasuna"ga qarshi bahsni Karim Benzema asosiy tarkibda boshlashini malum qildi.
Francuz CHempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi 6 sentyabr kuni o'tgan "Seltik"ga qarshi uchrashuvda (3:0) jarohat olgandi. O'shanda Karim 30-daqiqada maydonni tark etgan va jarohatini davolash bilan band bo'ldi.
"Benzema bilan barchasi joyida va u ertaga asosiy tarkibda bo'ladi. Jismonan u ajoyib holatda. U bizning sardorimiz va o'yinda ishtirok etadi".
Karimning jarohatgacha o'tkazgan oxirgi o'yinlaridagi sport formasi haqida
"U oxirgi turlarda gol ura olmadi, chunki maydonga tushmadi. Karim yaxshi holatda, mashg'ulotlarda odatdagi rejimda ishtirok etdi va odatdagi holatiga qaytdi.
Ko'ramiz, Karim o'yinsiz o'tkazgan qisqa davrdan keyin o'zini qanday ko'rsatarkin. U shunchaki ajoyib futbolchi", – dedi "Real" ustozi.
Fikrlar