Anchelotti: "Benzema ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi"
13 may 2022 23:18
Yangiliklar


Anchelotti: "Benzema ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi"
Murabbiyning fikricha Karim shunchaki hujumchi emas.
"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi.
"Karim - fantastik darajadagi hujumkor futbolchi. U shunchaki hujumchi emas. Benzema golli paslar beradi, o'yinni qurishda ishtirok etadi. SHu bilan birga, juda ko'p gollar uradi.
Benzema - etuk futbolchi. Fikrimcha, u ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi. Karim Ronaldu ketganidan so'ng jamoaning haqiqiy lideriga aylandi", -deydi Karlo Anchelotti.
Malumot uchun, Benzema ushbu mavsum Ispaniya chempionatida 31 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 12 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar