Anchelotti "Bavariya"da ishga kirishdi (FOTO)
11 iyu 2016 22:59
Yangiliklar
Anchelotti "Bavariya"da ishga kirishdi (FOTO)
Karlo Anchelotti "Bavariya" qarorgohida etib keldi va bugun myunxenliklar bosh murabbiyi sifatida dastlabki matbuot anjumanida ishtirok etdi.
SHuningdek, Karlo Anchelotti "Bavariya" bilan o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.
Karlo Anchelotti kirish so'zini nemischada boshladi. "Bavariya" klubining murabbiylarga qo'yadigan talabi, eng avvalo murabbiy nemis tilida gaplashishni bilishi, o'rganishi shart. Anchelotti nemischani yaxshigina o'zlashtirayotgani ko'rinib turdi. CHunki italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida germaniyalik jurnalistlar bilan nemischa so'rashib, keyin ingliz va italyancha tilda ham savol-javob qilishga ulgurdi.
"Bavariya" Evropa chempionatida ishtirok etgan futbolchilarisiz yangi mavsumga taraddudni boshlab oldi. Qolgan futbolchilar qisqa muddatli tatildan so'ng jamoa yig'iniga qo'shilishadi.









"Bavariya"ning bugungi mashg'ulotini minglab muxlislar va 200dan ortiq jurnalistlar boshidan oxiriga qadar kuzatib borishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar