Anchelotti Alabaning goli uchun uning o'g'liga rahmat aytdi
15 avg 2022 20:28
Yangiliklar


Anchelotti Alabaning goli uchun uning o'g'liga rahmat aytdi
30 yoshli avstriyalik chap qanot himoyachisi Los-Blankosning "Almeriya"ga qarshi kechayotgan bahsida zaxiradan maydonga tushdi va 74-daqiqada jarima zarbasidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Anchelotti nima sababdan Alaba jarima zarbasini amalga oshirganini va u bilan birga klubda faoliyat olib boradigan o'g'li Deyvidning g'oyasini tushuntirib berdi.
"Aslida jarima zarbasini Karim yoki Toni tepishi kerak edi. Deyvid menga Alaba tepishi uchun ruxsat berishimni so'radi, chunki u o'sha masofadan yaxshi standart amalga oshiradi. Biz Alabaning zarba berishi kerakligini aytdik. Lekin bu qarorga kelish oson bo'lmadi, chunki Karim va Toniga yo'q deyishimiz kerak edi. Men hazil qildim. U esa zarba berdi va gol urdi", — dedi italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar