Anchelotti: “Aftidan, kimdir vaziyat jiddiy ekanligi hali tushunib etmagan”
14 mar 2020 19:38
Yangiliklar
Anchelotti: “Aftidan, kimdir vaziyat jiddiy ekanligi hali tushunib etmagan”
“Everton” ustozi koronavirus pandemiyasi (tez tarqaluvchi epidemiya) tufayli APLda yuzga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi.
“APLning to'xtatilishi? Bu to'g'ri qaror edi, biz davom ettira olmasdik. Sog'liq barchasidan ustundir. Ayni vaqt futbolning ahamiyati yo'q. Ko'z-o'ngimizda fojea sodir bo'layotgan paytda, u haqda gaplashishimiz asabimga tegadi. Hozir futbol haqida hech qanday gap-so'z ham bo'lishi kerak emas. Boris Jonson (Britaniya bosh vaziri)ning nutqini tingladim. Aftidan, kimdir vaziyat jiddiy ekanligi hali tushunib etmagan”, deya so'zlarini yakunlagan italiyalik mutaxassis.
Fikrlar